2 marta O'qi!
Barchamizga ma'lum bo'lib borayatgan va ko'plab yoshlar qo'llab-quvvatlayotgan, "Gender Tenglik"ga ba'zida juda ko'p e'tibor berib, "Ijtimoiy Tenglik" ya'ni Nosog'lom insonlarning huquqlari va ularni ilmli qilish borasida nuqsonlashib bormayabmizmikin!? Men Marjonabonu Halimova, juda ko'plab xalqaro va mahalliy loyihalar ishtirokchisi, turli xil konfrensiyalar, ijtimoiy loyihalardagi ishtirokim davomida biror marta aslida bizdanda qalb keng va ilmi kuchliroq bo'lgan Insonlarni ko'rmadim. Balki, biz ularni qo'llab-quvvatlamaganimiz sabablidir? Yokida loyihalar qilinsa ham mediada ko'rmasdirmiz? Mening taklifim shuki barcha O'zbekiston fuqarolari irqi, dini, sog'lomlik darajasiga qaramay ilm olish huquqiga ega bo'lganligi sababli, Nosog'lom insonlar: ko'zi ojizlar, gapira olmaydiganlar, tanasida nosog'lomlik darajasi bo'lganlar uchun maxsus treninglar, ijtimoiy loyihalar, ilmiy konfrensiyalar, seminar va yozgi oromgohlar tashkillanishi kerak chunki ularning ham hozirda eng kerakli bo'lib borayatgan hayotiy ko'nikmalar, marketing va boshqalar kabi bilimlarni olish huquqiga egadirlar.