Besh tashabbus olimpiadasida yangi loyiha "INNOTEXNOOLOGIYA" yo‘nalish sport musobaqasi
Bu yo‘nalishni 5 tashabbus olimpiadasiga yangi yo‘nalish sifatida taklif etardim. Chunki xozirgi yoshlarda bunga qiziqish ko‘p. Agarda ushbu yo‘nalish qo‘shilgan taqdirda, butun respublikamiz yoshlarini qiziqishlarini ortishiga yaxshi effekt beradi. Ular Aviamodellar, robotlar, uchar mashinalar,avtomashinalar va h.k larni maketlarini yasashni, Adriano UNO, Adriano NUNO dasturlar orqali programmalar yaratish, dasturlash orqali yangi texnologiyalarni kashf qila oladilar. Bu kelajakda IT sohasini, aviasozlik, mashinasozlik, umumiy olganda Axborot kommunikatsiyalar rivoji uchun samarali xizmat qiladi. Bu "INNOTEXNOLOGIYA"ni faqatgina 1 tumandagi Barkamol avlod bolalar maktablarining 1 ta guruhida tashkil topgan, 5 yoki 6 ta bolani raketa model, aviamodel qiziqishlariga emas, butun respublikamizdagi 10 mingdan ziyod maktablarda joriy qilish orqali, har bir mahallada besh tashabbus olimpiadasi loyihasiga kirgizib, tanlov sifatida yoshlarni keng jalb qilish. Zora ajab emas, bizning yurtdan ham buyuk kashfiyotchilar, ixtirochilar chiqib, bizning davlat ham texnologiyalar eksportlarini dunyo bo‘ylab amalga oshirsa. Shu kichik loyiha - katta O‘zbekiston kelajaki uchun xizmat qilsa!..