Milliy raqamli xavfsizlikni kuchaytirish va yosh “IT” mutaxassislarini tayyorlash uchun kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi bo‘yicha volontyorlar guruhlarini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasining 02.12.2019 yildagi O‘RQ-585-son VOLONTYORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA Qonuni va 15.04.2022 yildagi O‘RQ-764-son KIBERXAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDA Qonuniga asoslangan holda, mening taklifim milliy raqamli xavfsizlikni kuchaytirish va yosh “IT” mutaxassislarini tayyorlash uchun kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi bo‘yicha volontyorlar guruhlarini tashkil etishdan iborat. Global raqamlashtirish va kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi tahdidlarining kuchayishi bilan kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi bo‘yicha volontyorlar guruhlarini yaratish har qanday davlat uchun muhim vazifaga aylanmoqda. Ushbu guruhlar talabalar, yosh mutaxassislar, o‘qituvchilar va axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislardan iborat bo‘lib, ular raqamli makonda milliy manfaatlarni himoya qilish uchun o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-son “O‘ZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASI to‘g‘risidagi Farmonida, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan islohotlar asosida mamlakatda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilmoqda: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, axborot olish va axborotni tarqatishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash. Bu milliy axborot maydonida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, axborotdan foydalanish madaniyatini oshirish va zararli ma’lumotlar ta’siridan himoya qilishni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, internet jahon tarmog‘idan to‘siqlarsiz foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va fuqarolarning kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi borasidagi savodxonligini oshirish muhim o‘rin tutadi. Milliy mudofaa va xavfsizlik salohiyatini kuchaytirish. Jahonda davom etayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari qudrati va raqamli imkoniyatlarini oshirish yo‘lida izchil ish olib borilmoqda. Harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Prezident farmonining 5.2-bandi fuqarolarni zararli va destruktiv ma’lumotlar ta’siridan himoya qilish, axborot madaniyatini oshirish, va radikallashuvning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish. Milliy axborot maydonida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, axborotdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish hamda aholini yot va destruktiv ma’lumotlar ta’siridan himoya qilish, radikallashuvning oldini olish. Internet jahon axborot tarmog‘idan to‘siqlarsiz foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, milliy internet makonida kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda fuqarolarning internetdan foydalanish borasidagi savodxonligini oshirish. Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish. Qurolli Kuchlarning raqamli salohiyatini oshirish va axborot xavfsizligini ta’minlash, harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish. Ushbu taklif orqali amalga oshiriladigan maqsad va vazifalar: 1. Zaifliklarni kuzatish va aniqlash: volontyorlar guruhlari kiber tahdidlarni kuzatish va tahlil qilish, zaifliklarni aniqlash va davlat va xususiy tashkilotlarning raqamli infratuzilmasida ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 2. Ta’lim va xabardorlikni oshirish: guruhlar aholi va davlat xizmatchilari o‘rtasida kiberhujum darajasini oshirish uchun ta’lim tadbirlari, seminarlar va treninglar o‘tkazadilar. 3. Texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish: volontyorlar axborot tizimlarini himoya qilish uchun yangi texnologiyalar va vositalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishda ishtirok etadilar. 4. Davlat organlari bilan hamkorlik: guruhlar davlat organlari va tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, kiberhujumlarda mutaxassislar maslahati ostida yordam ko‘rsatadilar. 5. Xalqaro tashabbuslarda ishtirok etish: volontyorlar tajriba va eng yaxshi amaliyotlarni baham ko‘rish uchun xalqaro kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi tashabbuslarida qatnashadilar. Nima uchun kerak? 1. Milliy xavfsizlikni kuchaytirish: raqamli infratuzilmaning rivojlanishi bilan ma’lumotlar xavfsizligi, iqtisodiy barqarorlik va mamlakat suverenitetiga tahdid soladigan kiberhujumlarni oldini olish. 2. Kadrlarni tayyorlash: bunday guruhlarni yaratish, iqtidorli yoshlarga amaliy tajriba orttirish, loyihalarda ishtirok etish va jahon mehnat bozorida talab qilinadigan kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini beradi. 3. Resurslarni tejash: ushbu volontyorlarni jalb qilish tizimlarni monitoring qilish va sinovdan o‘tkazish xarajatlarini kamaytiradi, bu ayniqsa byudjet tashkilotlari uchun juda muhimdir. 4. Aholining xabardorligini oshirish: fishing, firibgarlik va hokazo hujumlarni xavfini kamaytiradi. 5. Ijtimoiy birdamlik: bunday tashabbuslar faol yoshlarni ijtimoiy faoliyatga jalb qiladi. Ushbu taklifning jamiyat uchun foydasi: 1. Profilaktik himoya: davlat va xususiy tashkilotlar tahdidlardan himoya qilinadi va potensial hujumlar ta’sirini kamaytiradi. 2. Innovatsion yondashuv: volontyorlar tomonidan taklif etilgan yangi g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish mahalliy “IT” sohasini rivojlantirishga yordam beradi. 3. Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish: malakali kadrlar tayyorlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va sarmoyalarni jalb qilish orqali “IT” sohasini mustahkamlaydi. 4. Davlatimizning yuksak marralarini yanada kuchaytirish: global miqyosda kiber tahdidlarga qarshi kurashdagi ishtiroki, uning zamonaviy xavfsizlik standartlariga sodiqligini namoyish etadi. 5. Ijtimoiy rivojlanish: kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi volontyor guruhlari a’zolari o‘zlarining iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari va xavfsiz raqamli kelajakni qurishda ishtirok etishlari mumkin. Moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash: 1. Davlat tomonidan moliyalashtirish: kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi bo‘yicha volontyor guruhlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar va subsidiyalar ajratish. 2. Xususiy sektor bilan hamkorlik: moliyaviy va texnik yordam uchun xususiy korxonalar va tashkilotlarni jalb qilish. 3. Ta’lim dasturlari: yangi kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi volontyor guruhlarini tayyorlash va faoliyat ko‘rsatayotganlarning malakasini oshirish uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Xulosa Kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi bo‘yicha volontyorlar guruhlarini tashkil etish, raqamli makonda milliy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Ushbu guruhlar kiberxavfsizlik darajasini oshirishga, mutaxassislar hamjamiyatini rivojlantirishga va davlat va jamoatchilik o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu loyihani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash texnologik mustaqillik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi. Mazkur qonunlar va farmonlar kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi bo‘yicha volontyorlik faoliyati, kibermudofaa va axborot xavfsizligi borasida yangi tashabbuslarni joriy etish uchun huquqiy asosni ta’minlaydi. Shu jumladan, axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun volontyorlik guruhlarini tashkil etish masalasi dolzarbdir. Ushbu guruhlar milliy manfaatlarni himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.