yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

"O‘zbekiston o‘quv markazlarini" mobil ilovasi

Muallif: Shahriyor Mamasobitov
Holati: Tasdiqlandi

Assalomu alaykum, hurmatli Yoshlar Forumi 2024 tashkilotchilari. Avvalo, bizga shunday imkoniyat yaratib berganingiz uchun tashakkur aytmoqchiman. Men ushbu forumda ishtirok etish uchun "O‘zbekiston o‘quv markazlarini" mobil ilovasi loyihasini ishlab chiqdim. Men taqdim etmoqchi bo‘lgan loyihaning asosiy maqsadi: "O‘zbekiston o‘quv markazlarini" mobil ilovasi foydalanuvchilarga O‘zbekistonning turli ta'lim va kasb-hunar markazlarida taqdim etilayotgan kurslar, dasturlar va treninglar haqida ma'lumot taqdim etish, ro‘yxatdan o‘tish orqali o'ziga kerakli bo‘lgan yaqin kurslarni tanlash imkoniyatini yaratish, shuningdek, foydalanuvchilarning o‘z tajribalarini baholashga imkon berish orqali shaffof raqobatni rivojlantirishni maqsad qiladi. Foydalanuvchilar – yoshlar, talabalar, o‘qituvchilar va yangi kasblarni o‘rganmoqchi bo‘lganlar bo‘ladilar. Ilova, o‘quv markazlarining reyting tizimi asosida o‘z kurslarini taqdim etadi va foydalanuvchilarga eng yaxshi ta'limni tanlashda yordam beradi. Loyihaning asosiy maqsadlari: - Foydalanuvchilarga o‘quv markazlari va kurslar haqida aniq, to‘liq va shaffof ma'lumotlar taqdim etish. - Foydalanuvchilarga kerakli bo‘lgan kurslarni tanlash imkoniyatini yaratish. - Onlayn ro‘yxatdan o‘tish va kurslar va treninglar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish. - Kurslar va markazlar uchun foydalanuvchilar kurslarni tugatgandan keyin ularning berilgan baholari asosida reyting tizimi yaratish. - Kurs sifatini baholash orqali o‘quv markazlari o‘rtasidagi raqobatni oshirish. - Ilovada push bildirishnomalar orqali foydalanuvchilarga yangiliklar, yangi kurslar va imtihonlar haqida xabar berish. Ilovaning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: - Kurslar bo‘limi: Kurslar turli kategoriyalarda ajratiladi va qidirish imkoniyati taqdim etiladi. - Kurslar katalogi: Kurslar va treninglar to‘g‘risidagi to‘liq ma'lumotlarni ko‘rish imkoniyati. - Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: Foydalanuvchilar onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi va to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. - Reyting tizimi: Foydalanuvchilar kurslar va markazlarga o‘z baholarini berishlari va reyting tizimi asosida kurslarni tanlashlari mumkin. - Push xabarnomalar: Yangiliklar, yangi kurslar va imtihonlar haqida foydalanuvchilarni xabardor qilish. - Ilova profili: Foydalanuvchilar o‘z kurslarini va o‘qish natijalarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. - Video materiallar: Kurslarni onlayn tarzda video darslar orqali o‘rganish imkoniyati. Yangilash va qo‘llab-quvvatlash: Foydalanuvchilarning muammolarini hal qilish va ilovadagi xatoliklarni tuzatish. Ilovani yangilab turish va yangi funksiyalarni qo‘shish. Kursni tugatgan foydalanuvchilar o‘z tajribalarini baholashlari mumkin. Baholashda kurs sifati, o‘qituvchilar malakasi, o‘quv materiallarining samaradorligi va umumiy tajriba hisobga olinadi. Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan sharhlar va reytinglar markazlarga o‘z xizmatlarini yaxshilash uchun takliflar beradi. Bu markazlarni yanada sifatli va raqobatbardosh qiladi. Ilovadagi shaffoflik va tashqi nazorat: Baho va sharhlar shaffof tarzda ko‘rsatiladi, markazlar reytinglarini muntazam tekshirib borish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Loyihani marketing va taqdim etish: - Ijtimoiy media: Instagram, Facebook, Telegram kabi platformalarda reklama. - Google Ads va ASO: App Store va Play Store’da optimizatsiya va reklama qilish. Xulosa qilib aytganda, "O‘zbekiston o‘quv markazlarini" mobil ilovasi nafaqat foydalanuvchilarga ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi, balki shaffof raqobatni yaratib, o‘quv markazlarini yanada yaxshilanishga undaydi. Reyting tizimi orqali markazlar o‘rtasidagi raqobat kuchayadi va foydalanuvchilar eng sifatli ta'limni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. "Oʻzbekiston oʻquv markazlari" mobil ilovasi Afzalliklari haqida 1. my.gov.uz orqali integratsiya: Agar ilova my.gov.uz bilan integratsiya qilinsa, foydalanuvchilar yagona identifikatsiya tizimi orqali kirishlari mumkin. Bu, foydalanuvchilarni identifikatsiyalashni osonlashtiradi va xavfsizlikni ta'minlaydi, 2. O‘quv markazlarining o‘zhudutdagi ma'lumotlari: Har bir o‘quv markazi o‘z faoliyatini ko‘rsatib, eng yaqin markazlar va kurslar haqida aniq ma'lumotlar taqdim etiladi. Bu foydalanuvchilarga yaqin joylarda mavjud kurslarni osongina topish imkonini yaratadi va ta'lim olish jarayonini qulaylashtiradi. 3. One ID orqali ro‘yxatdan o‘tish: Foydalanuvchilarning yagona ID orqali tizimga kirishi, ularni har xil platformalarda qayta-qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdan saqlaydi. Bu jarayonni tez va qulay qiladi, shuningdek, foydalanuvchilarning ma'lumotlarini saqlash va boshqarish uchun qulaylik yaratadi.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.