yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Yoshlarni til bilish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida uch tilda "Zukko kitobxon" tanlovini yoʻlga qoʻyish

Muallif: Visolaxon To‘lqinova
Holati: Tasdiqlandi

Assalomu alaykum, kitobxonlikni yanada targʻib qilish maqsadida, chet tilidagi kitoblarni ham qoʻshgan holda tanlov tashkil qilsak yaxshi boʻlar edi. Masalan, men Toshkent davlat yuridik universiteti talabasiman, oʻzimizning universitetimizda "Zukko kitobxon" loyihasi koordinatoriman. Men rus tili, ingliz tili va oʻzbek tilidagi asarlarni tanlab, oldindan eʼlon berib, jamoaviy tarzda ham yakka tarzda (belgilangan vaqtga qarab) ham oʻtkazib boramiz. Yaʼni til bilishni ragʻbatlantirish, chet tilidan comprehensionni oshiradigan eng zoʻr yoʻllardan biri asarni tushuna olish hisoblanadi. Bu kitob oʻqish bilan bir paytda til bilishni ham yaxshilishga xizmat qiladi. Tarjima asarlardan koʻproq kitobning asli koʻproq insonga manaviy ozuqa beradi, yana koʻp yoshlar hozir til oʻrganayotganidan kelib chiqib, qiziqishganligi bois ham yanada kitob oʻqishga qiziqadi. Chunki menga "Yosh kitobxon"da tayyorlanib yurganimda, shuni oʻrniga til oʻrgansang shunaqa boʻladi" degan vajlarni koʻp qoʻyishgan edi. Chet tilidagi kitoblar bir vaqtda til bilish ham maʼnaviy yuksalishga xizmat qiladi. Agar dastlab bizni universitetimizda sinab koʻrishni ham maslahat beraman, yani mexanizmini ishlab chiqib, dastlab bizda oʻtkazish mumkin. Biz har 20 kunda jamoaviy tarzda 1 ta ingliz, bitta rus tilida hamda 4 ta oʻzbek tilida asar qoʻyamiz, shuni kengroq qilsak maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.