yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

MAKTAB VA OTA-ONA

Muallif: Xorun O‘rinov
Holati: Tasdiqlandi
Hozirgi kunda umumta'lim maktab muassasalarida ta'lim beruvchi o‘qituvchilar bilan bog‘liq e'tiborimizni tortadigan, quloqqa chalinadigan holatlarni so‘ngi paytlarda ko‘p qismi ota-onalar bilan bog‘liq. Ota-onalar bilan muloqot jarayoni natijasida shu narsaga amin bo‘ldikki, ota-onalar nafqat boasining bilimidan balki tarbiyasi yomonlashishiga asosiy aybdor aifatida maktabdagi o‘qituvchilar aybdor deb o‘ylashar ekan. Qiziq ta'lim dargohidagi pedagog bor e'tiborini ta'limga qaratishi kerakmi yoki tarbiyagami? Farzandning ertangi kuni uchun ota-ona ham mas'ul emasmi aslida? Loyihamiz mazmuni bugungi kunda ko‘plab ijtimoiy tarmoqda keng muhokama va tanqidlarga uchrayotgan masalalar o‘qituvchi va ota-ona o‘rtasidagi yechimsiz qolayotgan ziddiyat borasida yechimlarga bag‘ishlanadi.Ota-onaning ham farzandini ertangi kuni uchun bilim olishiga, tarbiyasiga o’qituvchilar bilan bab-baravar o’rni borligini ko’rsatish maqsadida maktablarda maxsus “XABARDORMAN” platforma orqali maktabga kelgan ota-onalar nazorati yo’lga qo’yiladi.Bunda barcha idora-tashkilotlarda xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga farzandini ta’lim-tarbiyasi uchun mas’uliyatni oshirish maqsadida 1 oyda bir marotaba oyning ma’lum kunida (15-kunida ota qolgan 15-kunida ona tarzida) ish vaqtining 1 soatini ajratgan holda unga ruxsat berilishini ta’minlash. Ota-ona kelib ketishini maxsus platforma orqali sinf rahbarlari nazoratini yo’lga qo’yish. Har bir farzand e’tiborda bo’lsagina unda mas’uliyat va harakat paydo bo’ladi. Ayniqsa bolalar otalardan hayiqishadi va uni maktabga kelib ketishining o’zidanoq bolada tanbeh eshitmaslik va ota-onasini yuzini yerga qaratmaslik uchun ham o’z ustida ishlash bilim olishga bo’lgan qiziqish ortishi tabiiy. Xulosa qilib aytganda ushbu tizim orqali biz nafaqat hozirgi yetishib chiqayotgan yosh avlodni ta’lim va tarbiyasini yaxshilashga erishishimiz mumkin.
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.