"Ayol-qizlar ovozi" maktabini tashkil qilish.
Men bu g'oyani ayni kunlarda sodir bo'layotkan hodisalardan ta'sirlangan holda o'yladim. Bizda qizlar ovozi klubi bor, meni o'zim ham tuman bosh koordinatoriman. Lekin hozirgi kunda qizlar ovozi klubi faoliyati kamaygan. Shunday ekan biz qizlar ovozi klubini samarasini oshirish va faqat qizlargina emas ayollarni ham jalb qilishimiz kerak deb o'ylayman. Chunki ayollarmizda ham juda ko‘p ta‘sirli hodisalar ro‘y beryapti va buni butun jamiyat ham sezib boryapti . Shuning uchun ayol-qizlar ovozi maktabini shakllantirib har oyda qizlarmiz uchun maktablarda ayollarimiz uchun ham qulay joylarda seminarlar, treninglar tashkil etib borishimiz, yuksak marralarga erishgan, o‘rnak bo‘la oladigan O‘zbegim xonimlari bilan davra suxbatlari tashkillashtirsak, ayollarimizni kasb o‘rganishida yordam bersak,yo'naltirsak, huquqlari va erkinliklari bilan tanishtirsak, yangi faol ijtimoiy tarmoqlarimizni yaratib har tomonlama faollashsak va faol koordinator qizlarimizni saylab ularni ham haqqoniy rag'batlantirsak. Yosh o‘sib kelayotkan qizlarimizni go‘zal tarbiyaga chorlaymiz. Bilimga kasbga mehrini oshiramiz. Har xil bellashuvlarni tashkillashtisak, masalan ayollar o‘rtasida o‘rgangan kasbidan kelib chiqib pazandachilikmi yoki tikuvchilik tanlovlari yoki huquqiy tanlovlar, qizlarimiz o‘rtasida etiket va madaniyat bo‘yicha viktarinalar, odob-axloq qoidalari, mening milliy liboslari tanlovlari, mohir qo'llar, har xil tillar bo‘yicha bellashuvlar,konkurslar tashkil etib borilsa bu ijtimoiy va teleradiokompaniyalarida davomiy ravishda yoritilsa yaxshi o‘rinlar va yaxshi taqtirlash marosimlari o‘tkazilib borilsa, ayol-qizlarimiz uchun judayam foydali bo‘lar edi. Oxirgi kunda sodir bo‘lgan hodisa har bir insonga ta'sir qiladi shu yosh kelinchak o‘rnida o‘zim,singlim opam yoki biron bir yaqinim bo‘lganida degan o‘yga toldiradi. Shunday ekan bunday holatlarni kamaytirish ayollarimizni hayotini yanada yaxshilash uchun shu g‘oyamni taqtim etmoqchiman. Tashkil etilganidan keyin bu maktabni albatta rivojlantirishimiz ham kerak.O‘ylaymanki va ishonman bu g'oya albatta amalga tatbiq etiladi va qo'llab-quvvatlanadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!