Darsxonalar tashkil etish
Tan olish lozim hozirda ilm olish uchun deyarli barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ammo bu holat respublikaning barcha hududlari uchun teng taqsimlangan deya olmaymiz. Ayniqsa shahar va tumanlarda kutubxona, axborot-resurs markazlari, kompyuterxonalar, darsxonalar masalasi ogʻir ahvolda. Toshkent shahri va ayrim shahar va viloyat markazlarida bu u qadar masala boʻlmaydi. Ammo misol tariqasida aytadigan boʻlsam hozirda Nukus shahrida bu masala jiddiy deya olaman. Chunki universitet moddiy texnik bazasi yetarli talablarga javob bermaydi, dars qilish uchun sharoitlar yetishmaydi, kompyuter zallaridan foydalanish deyarli imkonsiz, hattoki xususiy pullik markazlar faoliyati ham yoʻlga qoʻyilmagan, aksar talabalar va abituriyentlar dars qilish uchun qulay joy topishda qiynalishadi. Taklifim Nukus shahri va respublikamizning boshqa shahar va tuman markazlarida axborot-resurs markazlari faoliyatini izchil bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilishi lozim deb hisoblayman.