Mitti kitobxon nomli bolalar kutubxonasini tashkil etish
Assalomu alaykum. Meni taklifim Mitti kitobxon nomli bolalar kutubxonasini tashkil etish to'g'risida. So'nggi yillarda yoshlar o'rtasida kitobga bo'lgan qiziqish biroz sustlashgandek. Shuning uchun kitobga qiziqishni go'daklik paytidan boshlash kerak degan fikrdaman. Aynan men aytayotgan kutubxona zamonaviy va rang barang jixozlar, ertaklar ko'rinishidagi xonalar, hamda eng asosiysi eng qiziqarli va bola ta'lim tarbiyasini shakllantirishda muhim bo'lgan kitoblar bilan to'ldirilishi kerak. Menda aynan kutubxonaning qanday ko'rinishi jixozlari to'g'risidagi ba'zi rasmlar ham bor. Bundan tashqari bolalarni ota onalari bilan birgalikda vaqt o'tkazishi uchun Otalar kuni ,Onalar kuni kabi bellashuvlar tashkillash bugungi glaballashuv asrida oila deb atalmish muqaddas institutni saqlab qolishga ham sabab bo'ladi deb hisoblayman. O'zbek xunarmandchiligi aks etgan burchaklar milliyligimizni bolalar ongiga singdirish madaniyatimizni solinayotgan taxdidlarga qarshi kurashda o'z hissasini qo'shadi albatta. Bolalarni kitobga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda ertaklarni aynan Bek va Lola, Oppog'oy, Kichik botir yoki allomalarimiz Alisher Navoiy, Bobur kabi qahramonlar timsolidagi liboslarda aks etgan insonlarning o'qib berishi ,ular bilan suhbatlar uyushtirishi katta ro'l o'ynardi. Bolajonlarni uyiga aynan shu qahramonlarni nomidan taklifnomalar yuborish nafaqat bolani balki uning otasining ham qiziqishini uygotadi. Shu kutubxona uchun maxsus aftobusda tashkillangan ko'chma kutubxona tashkillash kutubxonaga kela olmaydigan chekka hudud bolajonlari hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun bir olam quvonch berar edi. Kitob o'qish musobaqalarini tashkillab sovg'a va sertifikatlar tashkillanishi kichik yoshdagi bolalarni kitobga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Aytay desam g'oyalarim juda ko'p. Sizlarni ana shu loyihamga e'tibor qaratishlaring hamda bu ishlarda menga o'z yordamlaringni berishlaringdan juda xursand bo'lardim. Men shu ishlarni bajarishda butun kuch quvvatim bilan ishlayman, ammo menga tashkillash va boshlash ishlarida sizlarni maslahat va ko'maklaring kerak.