yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Nogironligi bor yoshlarni onlayn ish imkoniyatlarini oshirish va onlayn ish topish tizimini takomillashtirish

Muallif: Ozodbek Buriboyev
Holati: Tasdiqlandi
Nogironligi bor yoshlarning jamiyatda faol a’zo sifatida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ularni ish bilan ta’minlash, mustaqil hayot kechirishlariga yordam berish va ijtimoiy moslashuvini ta'minlash. Masofadan ishlashga mos bo‘lgan sohalarda (dasturlash, grafik dizayn, matn yozish va boshqalar) yoshlarni o‘qitish va ularni ish beruvchilar bilan bog‘lash uchun tizim yaratish. Har bir davlat va xususiy korxonaga nogironligi bor yoshlar uchun maxsus ish o‘rinlarini ajratishni majburiy qilib belgilash.Nogironlar uchun maxsus qulay ish joylarini tashkil etish (masalan, texnik vositalar, nogironlar aravachalari uchun mos muhit) Nogironligi bor yoshlarning o‘z bizneslarini boshlashi uchun maxsus davlat grantlari va arzon kreditlar joriy qilish. Ularni ijtimoiy loyihalarda va volontyorlik ishlarida ishtirok etishga undash. Ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish uchun psixologik maslahatlar va treninglar tashkil qilish.
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.