"Yosh tadbirkor" subsidiyasi
O'zing mukammal biznes rejasiga ega bo'lgan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya ajratish kerak deb o'ylayman. Chunki aksariyat o'z biznesini boshlamoqchi bo'layotgan yoshlarning asosiy muammosi bu mablag'. Shunday ekan yosh tadbirkorlar qanchalik quvvatlansa bozorda raqobat yanada oshadi. Raqobatchilar ko'paygani sari mahsulot sifati ko'tarilib narx tushishni boshlaydi. Bu fakt. Uning ustiga ko'plab ishsiz fuqarolar bandligi ta'minlanadi. Ammo... bu subsidiyani berishni Yoshlar ishlari agentligi online tarzda yo'lga qo'yishi zarur. Ya'ni talabgor agentlikka online tarzda hujjatlarini: shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va biznes rejani topshiradi. Agentlik huzuridagi maxsus komissiya hujjatlarni ko'zdan kechirib talabgorni subsidiyaga loyiq deb topgan holda unga maxsus sertifikat taqdim etadi. Sertifikatga ega talabgor o'zi istgan bank orqali belgilangan muqdordagi subsidiyani qo'lga kiritadi. (Offline forumda taklifni batafsil yoritib berishga tayyorman)