yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

OTM dagi TOP-100 yoshlar ro'yxatini shakllantirish va Universitetlar reytinglarini faol talabalar kesimida shakllantirish.

Muallif: Islom Oqnazarov
Holati: Tasdiqlandi
Har bir Oliy ta'lim muassasasida o'zining faolligi va erishgan yutuqlari bilan boshqalardan ajralib turadigan iqtidor egalari topiladi. Ana shunday Yoshlarning OTM doirasida TOP-100 talik ro'yxatini shakllantirish kerak. Agar OTM da bunday faol talabalar soni 60 tani tashkil etsa ham shakllantirish oxiriga yetgan deb hisoblanishi zarur. 100 talikka kirgan faol talabalarning erishgan yutuqlarining ahamiyatiga va darajasiga qarab boshqa OTM lar bilan o'zaro reytingda bellashishlari mumkin bo'ladi. OTM reytingi elektron tarzda yuritilishi maqsadga muvofiq. Respublika miqyosida ham o'zining erishgan natijasi bilan TOP-100 talikka kirgan talabalarga o'zi tahsil oladigan OTM tomonidan taqdirlov ishlari amalga oshirilishi kerak. Shu kabi narsalar orqali OTM talabalari orasida ta'limiy va ijodiy faoliyatni qo'llab-quvvatlashga hissa qo'shgan bo'lamiz!
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.