yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

O'qishni ko'chirish

Muallif: Sardorjon Ibrohimov
Holati: Tasdiqlandi

Bugungi kunda barcha sohalar qatori ta'lim, xususan Oliy ta'lim tizimida ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi O'zbekistonda ta'lim tizimini takomillashtirish, dunyo oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, nufuzli oliy ta'lim muassasalari qatoriga kirishga katta e'tibor berilmoqda. O'qishni ko'chirish jarayoni ayniqsa ichki perevodni soddalashtirish mehanizmlarini ishlab chiqish kerak. Hozirgi kunda perevod ikki xil holatda mumkun bo'ladi. Bular : Talaba oila qurgan bo‘lsa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chishni xohlasa. Davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirish istagi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). Boshqa hollarda, ichki perevod (bir hududdan boshqa hududga yoki hudud ichida boshqa OTMga o‘qishni ko‘chirish) ruxsat etilmaydi. Bu borada ham rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganish va shu asosida perevod jarayonlarini soddalashtirish kerak. Yoshlar ishlari agentligi 2025-yilgi dastur doirasida Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi taklif kiritishi zarur. Bugun hududlarda yoshlarni qiynab kelgan asosiy muammolaridan biri bu o'qishni ko'chirishdir. Ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj, lekin oliy ta'limda boshqa hududda o'qiyotgan, o'qishni o'z hududiga ko'chirishni istayotgan yoshlarning talab va istaklarini inobatga olish shart va lozim. Tashqi perevod jarayonlarida esa Oliy ta'lim muassasasining xalqaro miqyosdagi o'rniga qarab suxbat asosida ko'chirish printsiplarini ishlab chiqish kerak. Bu nima beradi? Talaba o'zi isteqomad qilayotgan hududda bo'sh vaqtida tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish, bo'sh vaqtlarda ishlash, oilasiga moddiy tarafdan yordam berish, o'z ustida ishlashiga keng imkoniyat yaratishga sabab bo'ladi. Yangi O'zbekiston o'zining uchinchi renessansi tomon qadam qo'yar ekan oliy ta'lim tizimiga ham yangi o'zgarishlar kiritilishi kerak.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.