Inno bank
Taklif nomi : Inno bank Hozirgi kunda zamon shiddat bilan rivojlanmoqda , yangi iqtisodiy va biznes tur va modellari , yangicha texnologiyalar va innovatsion hamda kreativ yechimlarni taqdim etadigan texnologiyalar yaratilmoqda butun dunyo boʻylab , ammo bizda shu kabi ilgʻor texnologiyalarni yaratish va hayotga tatbiq etish uchun bir qancha qiyinchiliklar mavjud , ulardan biri bu moliyaviy qoʻllab quvvatlash kamligi va ajratilayotgan kapitallarning oʻz manziliga yetib bormasligi . Shu sababli Innovatsion va kreativ yechimlarni taqdim etishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab quvvatlash uchun maxsus Innovatsion Bank ochish tarafdoriman. Davlatning 60% ini yoshlar tashkil qilgan bu zaminda yoshlarni qoʻllab quvvatlasak yurt taraqqiyoti va farovonligi uchun ham jon kuydirgan boʻlamiz .