Umumta'lim maktablarida mehnat darslarini jonlantirish
Muallif:
Zohid Islomov
Holati:
Tasdiqlandi
Assalomu alaykum. Hozirda O'zbekistondagi maktablarning aksariyatida darslikka tayanib qolingan. Hozirda dolzarb bo'layotgan kasb-hunarlar( avtomobilga texnik xizmat ko'rsatish, gidrotexnik, mexanizator, qurilish sohasi mutaxassislari kabi)ni maktablarda 6-sinfdan boshlab boshlang'ich nazariy va amaliy darslarni yo'lga qo'yish kerak. Maktabni bitirgunicha haqiqiy kasb egasi bo'lib yetishadi. Buning uchun mehnat va texnologiya xonalarini kerakli jihozlar bilan ta'minlash, o'qituvchi mutaxassislarni saralab olish kerak. Bunaqa kasblarga nafaqat O'zbekistonda, balkim chet elda ham talab ancha yuqori.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!