yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2023

O'qishga kirishdagi imtiyozlarni yo'qotish haqida

Muallif: Masofaviy Ta'Lim
Holati: Tasdiqlandi

Ma'lumki, oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish uchun 31 xil turdagi imtiyozlar bor. Bular orasida umuman imtihonsiz, buning ustiga to'liq davlat granti asosida o'qishga kirishni ta'minlovchi imtiyozlar ham mavjud. Bundan tashqari, yildan yilga imtiyozlar yana-da oshib bormoqda. Bunga chek qo'yish va o'qishga kirishdagi bugungacha bo'lgan barcha imtiyoz turlarini qayta ko'rib chiqish kerak! Imtiyoz bor joyda korrupsiyaga ham, tanish-bilishchilikka ham yo'l ochiladi. Eng asosiysi, adolat va teng huquqlilik yo'qoladi. O'qishga kirishmi? Hamma teng huquqlimi? Marhamat, tayyorlansin, o'qisin, ana keyin imtihon topshirib o'qishga kirsin. Imtiyozlar — kelajakning va yoshlarning eng katta fojiasi. Bu imtiyoz atalmish balolarni ta'lim sifatiga ta'sirini ham alohida hisob-kitob qilib chiqish kerak. Foydasidan zarari ko'p. 31 tayam imtiyoz bo'ladimi-a? Imtiyozga yo'l ochildi, degani ta'lim sifatiga xanjar urib, korrupsiya va tanish-bilishchilikka yo'l ochildi, demakdir.

Izoxlar (41)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.