yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Maktab abiturentlarga maktabni ozida kurs ochib berish

Muallif: Maira Aldanova
Holati: Tasdiqlandi

Assalomu alekum yaxshimisiz? Taklifim shundan iboratki hozir bilasiz Respublikamizda kambag'allikni oldini olish ilojlari olib borilmaqta, mantiqan o'ylab qarasak o'rtacha 2 oilada 1 ta maktab o'quvchisi bor va ular hozir zomon talabi repititorga borib qoshimcha ta'lim oladi. Repititorlar esa eng pastini ozi 300ming qishloqdan tumanga qatnaydiganlar ham bor. Hozir tuman yoshlar yetakchilari bizga kursingizda shartnoma bolsa 6 oy qilib beramiz deyapti lekin hozir 90% repititorlarda shartnomo yoq va biz yordam ololmaymiz. Shunday ekan har bir maktabga sifatli ta'lim beradigan hech bo'lmasa 2 ta repititor qiladigan ustoz qo'yaylik bizga 6 oy tolaydigan pulni shu repititor ustozga bering va oxirida albatta natijalar bilan qiziqing. Birnechta odamni ishli qilib va biz abiturentlarga qilgan yordam bo'lar edi. Tumanga qatnash yol haqlariga kuniga 25 ming va kursga 400 ming ketyapti. Oilalar esa judayam qiynalib qolyapti. Maktabda bepul uydan kirib chiqib oqiganga nima yetsin ahir. Diqqatingiz uchun raxmat!

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.