Oliy taʼlim va undan keyingi taʼlimni rivojlantirish
Yaqinda muhtaram prezidentimiz tomonidan rivojlangan davlatlarda talabalar uchun “Work and Travel” kabi koʻplab dasturlarda talablarning bilim va daromad olishi uchun sharoit yaratish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratish tizimi yoʻlga qo'yilishi maʼlum qilindi bu albatta biz yoshlarni quvontiradi. Qoʻshimcha sifatida taklifim shundan iborat boʻladiki hozirda afsuski davlatimiz taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik darajasi boʻyicha nisbatan past pogʻonada ketmoqda va koʻplab xorijiy stipendiya dasturlari uchun muqobill davlatlar orasida mamlakatimiz yoʻq. Shundan kelib chiqqan holatda universitetlardagi xalqaro boʻlimlar faoliyatini qaytadan koʻrib chiqish lozim, sababi koʻplab universitetlarda til biladigan va chet el taʼlimini koʻrishni xoxlaydigan yoshlar bilan ishlash tizimi yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Hattoki ayrim holatlarda talaba oʻz harakati bilan grant yutgan taqdirda ham universitet tomonidan bir qancha qarshiliklarga duch keladi. Shu sababdan ushbu tizimni qaytadan koʻrib chiqishni taklif qilaman.