Ilm uylari
Muallif:
Lutfulloxon Haydarov
Holati:
Tasdiqlandi
Ilm uylarini ochish. U qanday joy. Oʻqituvchilar oʻquvchilar talablar va olimlarni bir joyga yigʻadigan joy. Oʻzbekistonning barcha maktablarida zamonaviy laboratoriyalar mavjud emas va buni taminlash ham uzoq vaqt oladi. Oʻqituvchilar ham oʻquvchilar ham amaliy bilimlar ololmaydi. Kimyo biologiya fizika kabi fanlar faqat nazariyalar asosida boʻlgandan oʻquvchilar uchun oʻta zerikarli boʻladi. Talabalar ham universitetlarda ham yaxshi oʻqituvchi yoki labaratoriya yoʻq bor bolsa ham doim foydalana olinmaydi. Talabalarda ham qiziqish yoʻqoladi yoki malakali kadr boʻlib yetisha olmaydi.
Bunga yechim sifatida. Ilm uylarini ochish mumkin. Bunda viloyati yoki shahar markazlarida ilm uylari ochiladi. Zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan taʼminlandi katta kutubxona quriladi. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar talabalar bu yerda amaliyot qila oladilar. Malakali olimlar professorlar ilm uylarida ham maʼruzalar ham amaliy oʻrgatishlar orqali. Oʻqituvchilarni malakasi oshadi. Oʻquvchilar bu fanlarga chuqur kirib boradilar, qiziqishlari ham ortadi. Talabalar ham ancha yaxshi kadr boʻlib rivojlanadi. Balki bu uylarda ajoyib kashfiyotlar ham boʻlishi mumkin. Bir shaharda 15 ta maktabni labaratoriyalar bilan taminlash oson emas. Lekin bitta ilm uyi bunga yaxshi yechim boʻlishi mumkin.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!