yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Yoshlarning biznes rejalari uchun grant loyihasi

Muallif: Azamat Turdiboyev
Holati: Tasdiqlandi
Assalomu alaykum Deyarli har bir yigitni va har bir qizni o'z biznes g'oyasi bor. Ammo o'sha biznesni boshlash uchun yetarli mablag'i yo'q. Pul yig'moqchi bo'lsa sharoiti yo'q, kredit olmoqchi bo'lsa tasdiqlangan ish haqqi yo'q, birovdan qarz olishni ham iloji yoq hozirgi paytda. Tog'ri kimdir aytishi mumkin yoshlar uchun imtiyozli kreditlar bor jar xil, imkoniyatlar ko'p deyishi mumkin. Ammo real hayotda davlat tomonidan banklar orqali berilayotgan subsidiyalar haqiqiy yoshlarni qo'liga yetib kelishi qiyin. Yetib kelganda ham ming bir qog'ozbozlik va byurokratiya, mahallaga bor, bankka bor, soliqqa bor.. va hokazo... MENING TAKLIFIM shundan iboratki, Yoshlar ishlari agentligi yoshlarni biznes rejalarini amalga oshiriah uchun grant loyihasi yo'lga qo'yishi kerak. Eng muhimi hech qanday banklarni va 3-shaxslarni aralashtirmasdan. O'z biznes g'oyasi bor har qanday o'g'il-qiz bu grantga ariza topshira olsin. Loyihani amalga oshirishda kelajak kasblari grantini andoza qilish mumkin. Ammo biroz o'zgartirish kiritish zarur. Grantga nomzodlarni saralash va qabul qilish quyidagi tartibda bo'lishi kerak: 1. Faqat online tarzda hujjatlar qabulini yo'lga qo'yish. Ya'ni qog'ozbozlikni oldini olish. 2. Har bir nomzod grant uchun maxsus yaratilgan saytga o'z hujjatlarini: pasport va eng asosiysi biznes rejasini fayl formatida yuklashi zarur. 3. Grant uchun maxsus tuzilgan kommissiya nomzodlarni saralash bilan shug'ullanishi kerak. 4. Saralash 2 bosqichda: 1-hujjatlar qabuli va 2- suhbat. 1- bosqichda nomzodlarni biznes rejalarini ko'rib chiqqan holda saralash zarur, 2-bosqichda esa nomzodga qulayligiga qarab online yoki offline suhbat o'tkazish. 5. Suhbatda nomzod o'zi biznes taqdimotini o'tkazib bera olishi kerak. 6. Grantga loyiq deb topilgan talabgorlar uchun avvalo moliaviy savodxonlik treninglarini o'tkazish 7. Va eng muhim qismi: grant g'oliblariga kerakli summani to'liq va hech qanday 3-tomonni aralashtirmasdan o'tkazib berish. 8. Nomzod o'z biznesini yo'lga qo'ygach tekshiruv o'tkazish, ya'ni nomzod haqiqatta o'z biznesini boshlaganmi yo'qmi tekshrish. Bu taklifni berayotganim sababi shuki, o'zim ham oddiy talabaman. Tayyor biznes rejam ham bor, uskunlarni qayerdan olish, homashyoni qayerdan olish va eng muhimi mahsulotni qayerga sotishni ham bilaman. Ammo mablag' yo'q. 20 mln so'm mablag' topa olsam ishimni bemalol boshlashim mumkin.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.