yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

"MA'SUMA" LOYIHASI

Muallif: Xorun O‘rinov
Holati: Tasdiqlandi
Ommaviy axborot vositalari orqali ko’p bora jamiyatimizda xotin-qizlar bugungi kunda alohida o’ringa ega degan ta’birni eshitganmiz. Haqiqatdan ham ular “qanday alohida ” o’ringa ekanligiga hech qiziqib ko’rganmizmi? Biz ayol degan hilqatni naqadar mo’tabar va aziz ekanligini onalarimiz misolida ularning mehridan sezamiz. Lekin so’ngi paytlarda atrofimizda ro’y berayotgan turli ko’rinishdagi yosh qizlarimiz va ayollar sha’nining toptalishi, xo’rlanishi va e’tiborsizlik natijasida o’z joniga suiqasd qilish xolatlari juda ko’p uchramoqda. So‘nggi paytlarda ayollarni huquqlarini ximoya qilishga qaratilgan qonunchiligimizda bir qator yangi qonunlar joriy qilindi. Lekin jamiyatimizda hali ham muammolar ya’ni o’z joniga qasd qiluvchi yosh qizlarimiz soni ortsa ortyabdi lekin kamayayotgani yo’q. 2019-yilgi ma’lumotlarga ko’ra O’zbekistonda yiligi ayollar bilan bog’liq suiqasdlar soni 600 nafarni tashkil etmoqda. Yoshlar orasida muammo va takliflarning ijtimoiylashuvi so’nggi paytlarda juda yaxshi samar bermoqda. Taklifim mazmuni shundan iboratki, xotin-qizlarni himoya qiluvchi va ularning murojaatlarini o’rganishga qaratilgan loyiha “MA’SUMA” hayoti davomida qiyinchilikka uchragan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlovchi mamlakatimizda ularga haq-huquqlari, davlatimiz tomonidan ajratilayotgan ajratilayotgan bir keng imkoniyat va sharoitlar haqida axborot beruvchi. Ularni muammolarini hal qilishga yo’naltirib beradigan yagona portal.
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.