yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Tabiatni muhofaza qilishni rag‘batlantirish

Muallif: Islomjon Baxromov
Holati: Tasdiqlandi
Ekologiya sohasida rag'batlantirishni yo'lga qo'yish kerak deb o'ylayman. Misol uchun: Har bir ekilgan ko‘chat uchun ball berish kerak va ishtirokchilarni reyting ro‘yxatida ko‘rsatish kerak.Ko‘proq daraxt ekkanlarga mukofotlar berish kerak. Qo'shimcha tabiatni asrash haqida bilimlar va bilimlar bo'yicha testlar, viktorinalar o'tkazish kerak. Shular bo'yicha ham ballar berilishi kerak. Ballar eko-mahsulotlarga chegirmalar yoki sovg‘alarga almashtirilsa yana ham zo'r. To'g'ri, mukofotlarisiz ham ko'chat ekish yoki atrof muhitni muhofaza qilishimiz kerak. Lekin rag‘batlantirish orqali yana ham tez va qiziqarli bo'ladi. Kichik harakatlar orqali katta o‘zgarishlarga erishish mumkin. Men ham shu ballarni xisoblab boradigan 1 ta web telegram ilovasini boshlaganman. Lekin ko'pchilikni qamrab olish va ularga platformani yetkazish ko'proq kuch talab qiladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.