yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

O'quvchini bilim olishga qiziqishini oshirish!

Muallif: Islomjon Baxromov
Holati: Tasdiqlandi
Ta’limda gamifikatsiya (ballar, darajalar, mukofotlar, reytinglar, yutuqlar,rag‘batlantiruvchi sovg‘alar) orqali talabalar va o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlashda ko‘proq ishtiyoq bilan qatnashishadi va o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Men ham 1 ta platforma ishlab chiqdim. Shu haqida batafsil ma'lumot beraman: O’quv markazlariga hamda xususiy maktablarga o'quvchilarni vaqtida kelishi, dars vazifalarini bajarishi, kurs to’lovlarini vaqtida to’lashi hamda do’stini ham olib kelishga yordam beradi. Xozirda maktab o'quvchilari biror yangi narsa sotib olishga yoki uydagilarga moliyaviy yordam berishga harakat qiladi. Bizni platformada buning imkoni bor. ya'ni, platformamizda coin yig’ib, to’plagan coinlarini ma’lum bir mahsulotlarga almashtirsa bo'ladi. Reyting ham bor, reytingda har bir o’quvchi nimaga nechta to’plaganini ko'rsa bo'ladi. Ota-ona ham nazorat qilsa bo'ladi. Platforma xozirgi kunda tayyor, ishlamoqda. Biz o’zim ishlaydiganda o'quv markazida tekshirib sinab ko’rdik. Xozir ham ish jarayonida qo'shimchalar bilan boyitib 5 oydan buyon ishlatib kelmoqdamiz. Foydasini ham sezyapmiz, endi boshqa ta'lim dargohlariga ham ulashmoqchimiz.
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.