Alternativ energiya
Muallif:
Jumabek Yerkebayev
Holati:
Tasdiqlandi
Taklif: Yo'l o'rtasida mashinadan kelgan shamol oqimidan elektr energiyasi ishlab chiqarish tizimi. Yo'ldagi harakatlanayotgan moshinalarning shamolidan elektr energiya olish tizimini taklif qilmoqchiman. Ushbu tizim yo'l o'rtasiga o'rnatilgan generatorlar orqali harakatdagi moshinalardan kelgan shamol oqimidan energiya ishlab chiqarishni maqsad qiladi. Bu energiya ekologik toza va samarali energiya manbai bo'lishi mumkin.
Afzalliklari:
Ekologik toza energiya: Shamol energiyasi yordamida elektr ishlab chiqarish.
Intensiv trafikda samarali boʻladi: Harakatlanayotgan moshinalar oqimi yordamida uzluksiz energiya ishlab chiqarish.
Kam xarajatlar: Moshina harakatidan kelgan shamoldan foydalanish orqali energiya ishlab chiqarish.
Kamchiliklari:
1.Tizimning ishlab chiqish xarajatlari: Yo'l o'rtasiga generatorlarni o'rnatish va tizimni tashkil etish uchun dastlabki xarajatlar yuqori bo'lishi mumkin.
2.katta quvvatli boʻlmaydi
3.Harakatlanayotgan moshinalarning soni: Tizim faqat katta tezlikda harakatlanadigan joylarda samarali bo'ladi,shuningdek yangi qurilishi kutilayotgan pullik yoʻllarda.
Xavfsizlik masalalari: yer osti qismiga generatorlarni o'rnatish, transport xavfsizligini ta'minlash uchun qo'shimcha choralar talab qiladi.
Taklifimni ko'rib chiqishingizni va loyiha imkoniyatlarini muhokama qilishni kutaman.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!