Yoshlarni kompyuterda ishlash va dasturlashga bo'lgan qiziqishini oshirish
Bir senior dasturchi shunday degan edi: "Dasturlashga qiziqishim, yoshligimda informatika o'qituvchim menga klaviatura sovg'a qilgan kundan boshlangan. Lekin shu vaqtda o'zimni shaxsiy kompyuterim ham yo'q edi..." Assalomu alaykum. Men 4 yildan buyon Web dasturlash sohasidaman. Bu sohada ishlayman hamda dars beraman. Dars berish jarayonida qaysidir mavzuni tushintirib yozilar desam, tez yozadigan o'quvchilar tezda yozib bo'ladi va qolgan kursdoshlariga yordam berishga harakat qiladilar. Endi, keyingi mavzuga o'tamiz desam, sekin yozadigan o'quvchilar xaliyam birinchi ekrandagi mavzuni yozib keyingisini ulgura olmay qoladi. O'z o'zidan tushinmovchiliklar paydo bo'ladi. Hammani yozishini kutsam, dars vaqti tugab qoladi. Shu narsani tezlashtirish uchun kichikroq platforma ochdim va o'quvchilarimizda sinab ko'rdim. Keyin, platformaga reyting tizimini ham qo'shdim,Reytingdagi top 10 ta o'quvchiga rag'batlantirish beriladi deganimdan keyin o'quvchilar bir birlaridan o'tish uchun tezkor harakat qildilar, boshida sekin yozayotgan o'quvchilar xozir ustozidan ham o'tib ketgan. Bu platformani ko'pchilikga yetkazish hamda yoshlarni kompyuterga va dasturlashga yana ham ko'proq qiziqtirish uchun ketma ket 3 oy mobaynida online musobaqa tashkillashtirdik. 500 dan ortiq ishtirokchilardan har oyda yutgan 10-15 ta g'oliblarga sovg’alar ulashdik. Viloyatda g'olib bo'lgan ishtirokchilarga pochta orqali yetkazib berildi. Viloyatdagi ustozim ham ushbu platformada o'quvchilari orasida musobaqa o'tkazdilar. Buni yanada kengaytirmoqchiman. Ko’proq yoshlarni qiziqtirib, platformaning keyingi bosqichlarida "UstozAI"dan noCode videodarslarini o’rganib mustaqil sayt yasaganlar orasida va boshqa foydali qo'llanmalarni o'rganganlar orasida ham musobaqalar tashkillashtirmoqchiman. Bundan tashqari, karra jadvalini o’rgatadigan platforma ham tuzganman. U bo'yicha ham 1 oylik online musobaqa tashkil qilgan edik. Bu platformada ham 180+ ishtirokchi ro'yxatdan o'tib qatnashishgan. Bir o'quvchimni onasi "O’g’limizga qancha urintirib ham karra jadvalini yodlata olmagan edik, sizni musobaqangizga qiziqib ancha o’rganib qoldi, Rahmat!" deb aytgan edilar. Shunga bu loyihani ham ko’proq ishtirokchilarga ulashishga harakat qilyapmiz. Xozirda o'zim ishlaydigan o'quv markazda 1 yildan buyon har oyda musobaqalar tashkil qilamiz. Rag'batlar va qiziqarli shartlardan keyin o'quvchilarimizda natijalar zo'r. Dasturlash sohasida foyda topyapman, endi boshqalarga ham tavsiya qilmoqchiman.