yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Yoshlar biznes markazini tashkil etish

Muallif: Ibrohim Said
Holati: Tasdiqlandi

Bilamizki, hozir yoshlar ko'pchiligi biznes sohasiga qiziqadi. Bir qator yoshlar talabalik davrida o'z tadbirkorlik faoliyatini shakllantirgan desak ham xato bo'lmaydi. Shunday tadbirkor talabalar o'z mahsulotlarini tengdoshlari doirasida ko'rsatishi va boshqa tengdoshlariga o'z sohaga oid bilimlarini o'rgatishi uchun Yoshlar biznes markazi tashkil qilsak maqsadga muofiq bo'lar edi, nazarimda. Misol uchun, Toshkentda talabalar shaharchasi o'zida minglab talabalarni birlashtiradi. Agar shu joyda yoshlar uchun biznes markazi ochilsa tadbirkor talabalar o'zining mahsulotlarini sotishi mumkin, markazga kirgan boshqa talabalar mahsukotlarni ko'rib sohaga qiziqishi mumkin. Keyin tadbirkor talabadan tengdoshlari markazga kelganda qanday qilib tadbirkor bo'lganini, qanday imtiyozlardan foydalanganligi, yaratilayotgan shart-sharoitlardan yaqqol bevosita natijaga erishayotgan tengdoshidan bilib olishi mumkin.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.