yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

AR hamda VR texnologiyalarni ta'limga tadbiq qilish

Muallif: Nodirbek Sharofiddinov
Holati: Tasdiqlandi
Hammamizga malimki bir qator murakkab fanlarni(kimyo, biologiya, fizika, ...) o'quvchilar o'zlashtirishi qiyin kechadi. Har bir fandan olgan bilimlarni amalyotda sinab ko'rmasangiz bu bilimlarni kelajakda ishlata olish qobilyati yo'qoladi. Ayniqsa yuqoridagi fanlarni amalyotsiz faqat nazariyani o'zini o'rganish o'quvchilarni zeriktirib qo'yadi. Afsuski ko'blab maktablarda laborotoriya jixozlari yetishmaydi, ma'nan eskirgan, yaroqsiz xolatga kelib qolgan. Har bir maktabni jixoz bilan taminlash vaqt hamda katta mablag'ni talab qiladi. Agar qaysidir jixoz buzilib yoki sinib qolsa uni o'rniga yangisini topguncha ushbu amaliy ish bajarilmay qolib ketadi. Shu sababdan men har tamonlama qulay bo'lgan AR hamda VR simulyatsiyalarni ishlab chiqish va uni talimda joriy qilishni taklif qilmoqchiman. Bu bizga nima beradi: 1. Amaliy mashg'ulotlarni xavsiz muhitda va har qanday sharoitda bajara olish. 2. Nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar 3. Har bir o'quvchi istalgan vaqtda amalyotni bajara olishi. 4. Interaktiv va qiziqarli o‘qitish jarayoni 5. Murakkab tushunchalarni oson tushunish 6.Masofaviy ta’limni yangi bosqichga olib chiqish . Eng yaxshi natijalar: Talabalar bilimni chuqurroq o‘zlashtiradi, o‘zlashtirish tezligi oshadi va ular amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Iqtisodiy samara: Ilg‘or texnologiyalar uzoq muddatda o‘qitish xarajatlarini kamaytirishi mumkin. Innovatsion o‘quv dasturlari: AR va VR o‘qitishni raqamlashtirish va zamonaviylashtirishga yordam beradi. Men o'zim kichik bir ARTeacher dasturini ishlab chiqanman va uni ta'lim jarayonida qo'llashga harakt qilyapman. Bu dastur maktab fizika fani darsliklarni malim mavzularini AR formatda qamrab olgan
Izoxlar (3)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.