Qismatdosh
Assalomu aleykum men taklif etayotgan loyiha bilib-bilmay jinoyat qilib hozirgi vaqtda jazoni ijro etish muassasalarida oʻz jazo muddati oʻtayotgan yoshlarda pushaymonlik hissini shakllantirish hamda ularni qayta jinoyat sodir etmasliklari uchundir. Loyiha nomi "Qismatdosh" Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanadi shaxslarning 25 foizini yoshlar tashkil etmoqda, undan ham yomoni jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan yoshlarning 35foizi qayta jinoyat sodir etmoqda. Bu esa oʻz navbatida jamiyatni oʻylantirgan masaladir. Men taklif etayotgan loyihada jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan hamda hozirgi vaqtda tuzalish yoʻliga oʻtgan jamiyatimiz ravnaqi yoʻlida oʻz bilimi hamda mehnati bilan yutuqlarga erishayotgan insonlarni jazoni ijro etish muassasalariga tashrif buyurtirib qismatdoshlsri bilan maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarni tashkillashtirishimiz kerak. Bilamizki inson axborotni asosiy qismini koʻrish va eshitish orqali oladi shu sababli jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni psixolog jihatdan tarbiyalash orqali ularda vatanga muxabbat yurtga sadoqat oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish mumkin. Bu esa oʻz navbatida qayta jinoyat sodir etmaslikni oldini olish ishlarida muhim ahamiyat ega. Batafsil loyiha bilan agar loyihamni qisqacha mazmuni maqul boʻlsa slayd qilib koʻrsataman Hurmat bilan Hayotjon Norboyev