Aholini talab yuqori kasblarga oʻqitish va daromadli ish bilan ta'minlash .Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul oʻrgatuvchi videokurslar platformasi.
Yaqinda Prezidentimiz yoshlar uchun mana bunday yangilikni e'lon qildilar: Ma'lumki, rivojlangan davlatlarda talabalar uchun “Work and Travel” kabi koʻplab dasturlar bor. Jumladan, Oʻzbekistonlik yoshlar ta'til vaqtida chet elga borib, ham bilim olayapti, ham daromad topayapti. Bu dasturlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida, kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratish yoʻlga qoʻyilishi aytildi. Bundan tashqari, chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan muloqotni kuchaytirish, ularning koʻproq oylik olishiga sharoit yaratish hamda ijtimoiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash lozimligi qayd etildi. Horijda ishlash bu bo'yicha yosh hamma daromadli kasb egasi bo'lishni istaydi.Qanday yoshda bo'lsa ham ishlab topgan puli farzarndlarining kelajagi uchun sarmoya bo'lishini istaydi .Bizda ko'p hollarda tajribali kadrda til bilmaslik muammosi bor.Yosh kadrlarda esa tajriba va til bilmaslik muammosi bo'lmoqda. Bizning yoshlar ham dunyo tan olgan kompaniyalrda malaka oshirib va kerakli hodim sifatida o`z faoliyatini amalga oshirsa. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan foydali loyihalar bor..Men zamomaniv kasblarga Ustoz AI kurslarni tafsiya bera olaman .O`zim ham ushbu kursning Matematika HR/ PR kurslarni o`rganib chiqdim .Undagi darslar har qanday yoshlarga to`g`ri keladi .Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul oʻrgatuvchi videokurslar platformasi. Kadrlar boshqaruvi/HR kasbi hodimlar bilan ishlash . HR o‘zi nima? HR (Inson Resurslari) – bu tashkilotlarda odamlarni boshqarish va ularga yordam berish jarayonidir. U ishga qabul qilish, xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish, mehnat munosabatlarini tartibga solish kabi vazifalarni bajaradi. HR xodimlarning motivatsiyasini oshirish va ularning farovonligini ta’minlashga intiladi. Reklama/PR kasbi PR o‘zi qanday soha? PR (Public Relations) — bu jamoatchilik bilan aloqalar degan ma’noni anglatadi. Oddiy qilib aytganda, PR tashkilot, kompaniya yoki shaxsning obro‘sini oshirish va jamoatchilik oldidagi qiyofasini shakllantirish uchun qilinadigan ishlardir. Targeting o‘zi nima? “Targeting” atamasi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “mo‘ljalga olish” ma’nosini bildiradi. Targeting — bu reklamani yoki mahsulotni aynan kerakli mijozlarga yo‘naltirishdir. Masalan, sport anjomlari ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z reklamalarini sport zallari va fitness ilovalarida namoyish qiladi. Bu targeting hisoblanadi. Mobil videografiya o‘zi nima? Mobil videografiya — smartfonda videolar tayyorlanadigan soha. Bu sohada sizga suratga olish uchun kameralar, murakkab jihozlar va montaj uchun kompyuter kerak bo‘lmaydi. Hamma ishni professional tarzda smartfoningizda bajara olasiz. Videomontaj o‘zi qanday soha? Videomontaj — bu videolarni tahrirlash jarayoni bo‘lib, unda turli video qismlari, ovozlar va effektlar qo‘shilib, yaxlit hikoya yoki kontent yaratiladi. Misol uchun, film, reklama yoki musiqiy klip yaratish uchun turli sahnalar birlashtiriladi, kerak bo‘lgan joylarda qirqiladi yoki ovoz bilan to‘ldiriladi. Maqsad — tomoshabinni jalb qiladigan va tushunarli kontent yaratish. Saytlar yasash No-code o‘zi nima? No-code platformalari kod yozishni bilmaydigan odamlarga veb-saytlar va ilovalar yaratish imkonini beradi. Bunga kuchli kompyuter ham, katta pul ham kerak emas, kuchli tomoni esa kod yozishdan tezroq sayt yoki ilova yaratish mumkin. Arxitektura 3ds Max va arxitekturaviy vizualizatsiya o‘zi nima? Tasavvur qiling, siz uy qurmoqchisiz. Lekin faqat qog‘ozga chizilgan rejaga qarab, uning ko‘rinishini tasavvur qila olmaysiz. Shu paytda arxitekturaviy vizualizatsiya yordamga keladi! Oddiy qilib aytganda, arxitekturaviy vizualizatsiya — bu uylarni va binolarni realistik 3D modellarini yaratish jarayoni. 3ds Max – bu uy, ofis, bog‘ yoki hatto butun shaharni kompyuter orqali uch o‘lchovli qilib yaratib beradigan dastur. bu kasblardan birini o`rganib chiqilsa bu bo'yicha horijiy tajribalar asosida faoliyat olib borsa istalgan joyda ishlab keta oladi . Bu platformada yana boshqa zamoviy kasblarni ham qo`shish kerak va kasblarni kurslarni muafaqiyatli tamomlagan yoshlarga o'z sohasi bo'yicha tafsiya asosida kompaniyarlarga yo'naltirilsa ,horijda malaka oshirsa bu uchun foydali bo'ladi .