yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Yosh onalar klubi

Muallif: Anora Saitkulova
Holati: Tasdiqlandi

I. Loyiha Respublikamizning barcha hududlarida yosh onalarga bilim berishga mo'ljallangan treninglar zali va uning tarkibida bolalar uchun o'yingoh tashkillashtirish kerak. U yerda pediatr, pedagog, psixolog, nabaviy tarbiya ulamolari kabi mutaxasislar tizimli darslar o'tishi va onalarni qiynayotgan savollarga javob berishi kerak. Chekka hududlardagi klublarda onlayn kuzatish va ishtirok etish imkoniyatini yaratish lozim. II. Maqsad -Barkamol avlod tarbiyalash; -Bolalik travmalari paydo bo'lish ehtimolini kamaytirish; -Yosh onalarning farzand tarbiyalash haqidagi bilimlarini oshirish orqali onalik davridan rohatlanishga o'rgatish. III. Dolzarblik Kishi shaxsiyati rivojlanishining katta qismi bolalik yillariga to'g'ri keladi. Shu sababli bola tarbiyasidagi xatolar keyinchalik tuzatilishi juda qiyin. Farzand tarbiyasidagi kamchiliklarning oldini olish uchun onalarga ilm kerak. IV. Muammo Ona va bola birgalikda vaqtini sifatli o'tkazmasligi oqibatida bolalar tili kech chiqishi, xulq-atvor buzilishlari (agressivlik, qo'rqoqlik,...), diqqatni jamlay olmaslik, turli gadjetlarga qaramlik va ijtimoiy muhitda o'z o'rnini topolmaslik holatlari ko'p kuzatilmoqda. V. Mavjud resurslar kamchiligi Ona millat tarbiyachisi, ona - madrasa. Shunday ekan onalikka tayyorgarlik ko'rish kerak, biroq bizda hozirgacha tizimli dastur ishlab chiqilmagan. Onalardan faqat talab qilishni bilamiz: uyingni sarishta tut, ovqating vaqtida tayyor bo'lsin, hammaning ko'nglini ol, bolaga taglik ishlatma, bolaga telefon berma va h.k. Odatda yosh onalar buncha yukni ko'tarishga tayyor bo'lmaydi. Qolaversa, tug'ruqdan keyingi stress va ijtimoiy hayotdan bir qadar uzilish onalarda ruhiy holat buzilishiga olib keladi. Natijada baqiradigan, badjahl onalar paydo bo'ladi. Ular bu holatda barkamol avlod tarbiyalashga qodir emas. Bu holatdan chiqishga ilm yordam beradi (atrofdagilar maslahati har doim ham to'g'ri emas, ilmiy asoslanmagan). Albatta, bu ilmlarni kitoblar orqali yoki pulli kurslarga yozilib ham olish mumkin. Lekin muammoli vaziyatning ustida turgan ona qaysi kitobni tanlashni ham bilmasligi mumkin. Pulli kurslarga kelsak, hammaning ham moliyaviy holati bunga imkon bermaydi. VI. Loyihani kengaytirish Kelgusida bu klublarda farzand tarbiyasiga oid kitoblar muhokamalari uyushtirish, bolalarda erta rivojlanish mashg'ulotlarini o'tkazish (masalan, Montessori kabi pedagogik usullar), jismoniy to'garaklar tashkillashtirish mumkin. Qolaversa, bu klublar ilmiy tajriba to'plash uchun ham asos bo'lib xizmat qiladi.

Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.