yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Oliy ta'limdan so'ng izlanishdan to'xtatmaslik

Muallif: Sarvinoz Berdiyorova
Holati: Tasdiqlandi
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni yaxshilash bo‘yicha fikrim quyidagicha: Oliy ta’limni tugatgan talaba uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda rivojlantirish eng muhim vazifa hisoblanadi. Nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish bilan birga, sohada ilg‘or chet el texnologiyalarini joriy etish va ularni o‘rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy texnologiyalarni ta’lim va ilmiy faoliyatga qo‘shish orqali samaradorlikni oshirish mumkin. Shuningdek, turli xalqaro konkurslar va grant dasturlarida ishtirok etish juda muhim. Bu nafaqat tajriba almashish, balki chet elda stajirovka o‘tash va o‘z sohamiz bo‘yicha yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkonini ham beradi. Bu orqali biz o‘zimizni xalqaro maydonda ko‘rsatib, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan foydalana olamiz. Ammo chetga chiqishga ko'pchilik izlanuvchi yoshlarning qurbi yetmaydi deb qo'rqaman. Shu sababli davlatimiz tomonidan oliy ta'limdan so'ng shunday tizimlar yarataylikki, qanchadan qancha imkoniyati yo'q bilimdonlar chet el sifatini yurtimizga olib kirsin. Buning uchun turli xil, chet elga borib o'z sohasi bo'yicha tajriba orrtirishlari uchun grandlar, stipendiyalar ajratish kerak deb o'ylayman. Shu asnoda biz "Yangi O'zbekiston" ni albatta rivojlantiramiz va bu berilgan imkoniyatlarni oqlaymiz. Men kelajakda ilmiy izlanishlar va xalqaro loyihalarda qatnashishni, yangi texnologiyalarni o‘z sohamga joriy qilishni, shuningdek, turli forum va konkurslar orqali o‘z faoliyatimni yanada rivojlantirishni maqsad qilganman. Shu yo‘nalishda tinimsiz izlanish va harakat muvaffaqiyat kaliti deb bilaman.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.