Ibrat academy & speaking club
Muallif:
Buoisha Muydinova
Holati:
Tasdiqlandi
Ibrat academy platformasi tobora ommalashib bormoqda. Shuningdek, ingliz, turk va yana bir qancha tillarda aynan "speaking" uchun alohida darslar mavjud.
Taklifim shundan iboratki, Ibrat academy doirasida umumiy, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim, nodavlat ta'lim muassasalarida "speaking" yoki "debate club"larni tashkil etish va faoliyatini muntazamligini ta'minlash. Chunki yoshlar bir biri bilan o'rganganda va muhokama qilganda yanada yaxshi tushunishadi va yangi g'oyalalrni paydo bo'lishiga zamin bo'ladi. Chunki 2-3 ta iqtidorli yosh jamlangan joyda albatta innovatsion bir g'oya paydo bo'ladi. Shunda platformaning yanada keng targ'iboti, olinayotgan bilimlarni samaradorligi oshadi. Chunki ko'pchilik yoshlarni toshkentdagi mashg'ulotlarga yoki viloyat markazidagi mashg'ulotlarga borish imkoniyati bolmaslik ehtimoli katta.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!