Yosh oilalar uchun psixologik konsultatsiya
Assalamu alaykum, men Buoisha Mo'ydinova Qo'qon Universiteti Psixologiya yo'nalishi 4-bosqich talabasiman. Mening taklifim shundan iboratki:
Mahallalar kesimida faoliyat olib boruvchi Ijtimoiy faoliyat psixooglarining faoliyatini yanada rivojlantirish.
Bilamizki, Respublikamizda keyingi yillarda ajralishlar soni sezilarli ko‘paygan. Misol uchun, 2021 yilda 39,3 ming nikohdan ajralish qayd etilgan bo‘lsa, bu raqam 2022 yilda 48,7 mingni, 2023 yilda esa 49,2 mingni tashkil qilgan. (2024 yil yanvar oyi holatiga ko'ra). Ayniqsa yosh oilalardagi oddiy nizolar ajrimga sabab bo'lmoqda. Mahallalarda faoliyat olib boruvchi Psixologlarni ishini yanada rivojlantirish orqali erta turmush va "besabab" ajrimlar sonini kamaytirishga erishish mumkin. Shuningdek oilaviy nizo holatini darajalarga ajratgam holda ularga oilaviy psixokonsultatsiyani taklif etish va asosli bo'lmagan holdagi ajrimlar yoki nizolarni bartaraf etishga erishiladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!