Elyurt Umidi jamg‘armasi stipendiatlari uchun xalqaro ish tajribasini qo‘llab-quvvatlash tashabbusi
Elyurt Umidi jamg‘armasi yoshlarning xorijda ta’lim olishlarini moliyalashtirib kelmoqda. Bu tashabbus o‘zbek yoshlari uchun xalqaro darajada yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Ushbu stipendiya dasturining samaradorligini oshirish va stipendiatlarning malakalarini yanada boyitish uchun quyidagi taklifni ilgari surmoqchiman: Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan stipendiatlarga o‘zlari ta’lim olgan mamlakatda 1 yil yoki undan qisqaroq muddatda ishlash huquqini berish, albatta, ularning xohish-istaklarini inobatga olgan holda. Ushbu imkoniyatni tatbiq etish orqali stipendiantlar xalqaro ish tajribasi va global networkingga ega bo'ladilar. Xalqaro tajribadan so‘ng qaytgan stipendiatlar yurtimizda innovatsion loyihalar yaratishga hissa qo‘shishi mumkin.