Yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash
Yosh oilalarning davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga farzandlari borgani uchun chegirmalar joriy etish kerak. Bunda ko'p holatlarda moliyaviy jihatdan qiyinchilik vujudga kelgan yosh oilalarda farzandlarini maktabgacha ta'lim muassasalariga bermaslik holatlari uchrab turadi. Uyda o'sgan va bolalar bog'chasiga borgan bolalarning farqlari albatta bilinadi, shu sababli bolalarning rivojlanishda muayyan kamchiliklarga duch kelishi mumkin. Bunday holatlarni kamaytirish uchun yosh oilalarning farzandlari davlat maktabgacha ta'lim muasssasalariga borganliklari uchun oylik to'lov summasining 50% miqdorida chegirma berish kerak.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!