Magistratura bosqichi uchun bir nechta universitetlarga hujjat topshirish imkoniyatini joriy etish
Muallif:
Shokir Eshmurodov
Holati:
Tasdiqlandi
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda magistratura bosqichida o‘qishni istagan talabalar faqatgina bitta ta’lim dargohiga hujjat topshirish imkoniyatiga ega. Ushbu tizim talabgorlarning tanlov imkoniyatlarini cheklaydi va ko‘plab iqtidorli yoshlarning orzu qilgan universitetlariga kira olmasliklariga olib keladi. Taklifim shundan iboratki, magistratura bosqichida o‘qishni istagan talabalar bir nechta universitetlarga hujjat topshirish huquqiga ega bo‘lishlari kerak. Ishonamanki, bu taklifim inobatga olininb amalda qo'llansa bir nechta afzallikalrni olib keladi, bular: 1. Tanlov erkinligi; 2. Raqobatning oshishi; 3. Iqtidorlarni qo'llab-quvvatlash; 4. Xalqaro tajriba.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!