Yoshlar daftaridagi xizmatlarni kengaytirish
Ma'lumki yoshlar daftlaridagi shaxslarni tadbirkorlikka o'qitish amalga oshiriladi, biroq tadbirkorlikka o'qitilgan shaxslar o'z mustaqil tadbirkorlik subyektini davlat ro'xyatidan o'tkazish va uning faoliyati litsenziyalanadigan bo'lsa litsenziya olishda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi va noqonuniy davlat ro'yxatidan o'tmasdan va litsenziya olmasdan faoliyat olib borishlari holatlari kuzatilishi mumkin. Huddi shunday holatni oldini olish maqsadida tadbirkorlikka o'qitilgan va o'z mustaqil tadbirkorligini boshlamoqchi bo'lgan biznes reja egalariga davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya olish xarajatlarini to'liq yoki qisman qoplab berish yordamlarini ham kiritish kerak deb o'ylayman. Shuningdek, ushbu 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yili doirasida ham yoshlar daftarining xizmatlari qatoriga ekologik xizmatlarni, misol uchun "Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish" va "Gid-tarjimon, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish" xizmatlaridan foydalanish bilan bog'liq davlat xizmatlari xarajatlarini (0.9 BHM) qoplashda yordamlashishni ham kiritish kerak deb o'ylayman. Bu orqali ko'rsatilayotgan 23 turdagi xizmatlar va yoshlarning muammolarini hal qilish doiralari kengayadi.