INNOVATIVE PRODUCTS
Hozirgi kunda yurtimiz pilla yetishtirish va ipak tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda 2023-yilda 25,9 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan. Pillаchilikdа vа pillаkаshlik kоrхоnаlаridа ko‘p miqdоrdа chuvib bo‘lmаydigаn pillаlаr, pillаlаrni chuvishdа tоlаli chiqindilаr vа g‘umbаk hоsil bo‘lаdi. Ipak qurti g‘umbaklarini ko‘p miqdorda ochiq maydonlarga tashlab yuborish, jiddiy muammo hisoblanadi, chunki chiqindilarining chirishi tufayli zaharli birikmlalar ajralib chiqadi va atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazishiga olib kelishi haqida bir qancha ilmiy dalillar mavjud. Bu chiqindilаrdаn fоydаlаnish (utilizаsiya qilish) хаlq хo‘jаligidа kаttа аhаmiyatgа egа, chunki hаr bir kilоgrаmm ishlаb chiqilgаn хоm ipаkgа 1 kg gа yaqin turli chiqindilаr to‘g‘ri kеlаdi. Shuni inobatga olib Buxoro viloyati misolida ushbu faoliyatni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak jami hozirda pillani qayta ishlaydigan 3 ta korxona mavjud bo‘lib, ularda pilladan ipak tolasi ajratib olingandan so‘ng qoladigan g‘umbak asosan baliqchilik va parrandachilik korxonalariga (1 kg g‘umbak 3-4 ming so‘m miqdorda) ozuqa sifatida arzon narxlarda sotilmoqda. Maqsad: Ipak qurti g‘umbagidan maqsadli yuqori darajadagi innovatsion mahsulotlar yaratish O‘zbekistonda haligacha g‘umbakdan yog’ olish bo‘yicha aniq bir texnologiya ishlab chiqilmaganligi, hozirgacha ishlab chiqarishda qimmatli hisoblangan g`umbakni hayvonlar uchun arzon ozuqa sifatida foydalanilmoqda. Buxoro viloyati misolida o‘rganadigan bo‘lsak yiliga 2716 tonnadan ortiq pilla qayta ishlanadi. Ipak qurti pillasining 48 % ni g‘umbak, qolgan qismini ipak tolasi tashkil etib, bir yilda ishlab chiqarish korxonalarida ajralib chiqadigan g‘umbakning umumiy miqdori 1 303 tonnaga yetadi. Viloyatda g‘umbakni sotishdan olinadigan mablag‘ miqdori (1 kg uchun 3 ming so‘m) 3 mlrd so‘mdan ortiq tashkil etadi. Taklif qilinayotgan uslub asosida g‘umbakdan 20-25% yog’ ajratib olinib, viloyatda bir yilda 325 tonna g‘umbak yog’i (1 litr yog’ narxi jahon bozorida 80-200 $ gacha baholanadi ) ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. G‘umbakdan yog’ olingandan so‘ng hosil bo‘ladigan 978 tonna chiqndidan yangi turdagi organo-mineral o‘g‘it ishlab mumkin bo‘ladi. Bu loyiha asosida chiqindisiz, juda samarador mahsulotlar olinadi. Quyidagi natijalar erishiladi: -laboratoriyada ipak qurti g‘umbagidan samarador yog‘ olish usuli yaratiladi va uning fizik-kimyoviy ko‘rsatgichlari aniqlanadi; -g‘umbak yog’idan qimmatbaho dorivor, farmokalogik, kosmetalogiya vositalar yoki pilla sovuni olinadi; - g‘umbakdan yog‘i ajratib olingandan so‘ng hosil bo‘lgan qoldiqdan eng sodda texnologiya asosida jahonda yangi namunadagi samarador organo-mineral o‘g‘it olinadi. G‘umbak yog`i 1 litr yog` narxi 80-200 $ ni tashkil etib, jami daromad 26 mln. AQSh. dollar. Yog‘ ajratib olingandan so‘ng hosil bo‘ladigan 987 tonna chiqindidan mineral o‘g‘it ishlab chiqarishda qo‘shimcha sifatida foydalanish orqali azotli o‘g‘itlarni samarali qo‘llash mumkin. Anʼanaviy usulda 1 gektar yerga 3 marta qayta-qayta jami 450 kg azotli o‘g‘it beriladi. Ushbu chiqindi asosidagi qo‘shimchani qo‘llash bilan azotli o‘g‘itni faqat bir martada 150 kg miqdorida berib, hozirgidan yuqori hosil olishga erishiladi. Bu usul azotli o‘g‘itning samaradorligini oshirish va sarf xarajatni kamaytirishga yordam beradi.