Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qiydigan nogironligi sababli maktabga bora olmaydigan yoshlarni ta'limini qo'llab-quvvatlash
Afsuski, respublikamiz chekka hududlarida nogironligi sababli maktabga bora olmaydigan yoshlarimiz bor. Ularni ta'limini qo'llab-quvvatlash, iqtidorini namoyon qilish va jamiyatga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Nogironligi bor, maktabga bora olmaydigan yoshlarni ta'limini rivojlantirish uchun bepul WiFi paketlari va boshlang'ich ta'limda o'qiydigan bolalarga o'qish kunlaridagi bir kunda bir martalik oziq-ovqat yordamlarini berishni taklif qilaman. Yuqori tezlikda ishlaydigan bepul internet majburlikdan uyda tahsil olayotgan yoshlarga ancha qulayliklar olib keladi. Undan tashqari boshlang'ich ta'limda o'qiydigan bolalarga o'qish kunlaridagi bir kunda bir mahal oziq-ovqat yordami nogironligi o'quvchini boshqa tengkurlari kabi maktab sharoitini his qilishi va yaxshi ta'lim olishiga ko'maklashadi.