Garov evaziga qulay kreditlash tizimini O'zbek modeli
Odatda biz o'zimizga pul zarur vaziyatda shaxsiy iste'mol xarajatlari uchun kredit yoki mikroqarz olishga majbur bo'lamiz. Lekin odatda kredit yoki mikroqarz olishda ma'lum davr asosida yuqori daromad aylangan plastik kartalar kerak bo'ladi. Ammo rivojlangan davlatlarda garov evaziga kreditlash ham ommalashgan. O'zbekistonda bu metodni rivojlantirish ancha qulayliklar keltirib chiqaradi. Masalan, bizda buni qonuniy asoslari yetarli emas. Va asosan garov evaziga kreditlash og'zaki kelishuv asosida ma'lum doiradagi norasmiy shaxslar bilan noqonuniy ravishda qora bozorda amalga oshiriladi. Buni legallashtirish va ommalashtirish, banklarga ham, iste'molchilarga birdek manfaat keltiradi. Shuni uchun men davlat himoyasi ostida, aniq mexanizmlarga asoslangan garov evaziga mikrokreditlash tizimini taklif qilmoqchiman. Bu asosida iste'molchilar o'zlarining shaxsiy raqamli texnikalari, zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho buyumlarini garovga qo'yib mikroqarz olishi mumkin hamda bu tizim davlat uchun ham, xalq uchun birdek xolis xizmat qiladi.