yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi sho'rlangan va zax suvlardan samarali foydalanish va axoli tamorqalarida xudud iqlimiga moslashtirilgan issiqxonalarda maxsulot yetishtirish

Muallif: Xoshimjon Yusupov
Holati: Tasdiqlandi

Assalomu alaykum ismim Xoshimjon Xorazm viloyati Bog'ot tumanida istiqomat qilaman. Taklifim: 1. Xorazm Viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida yer sathi suvlari yaqin bo'lganligi uchun dala maydonlari atroflarida zaxkashlar qazilgan, garchi bu zaxkash ariqlar fermer tasarrufida bo'lsada ko'pchiligi qarovsiz, foydalanishsiz yotibdi. Xozirgi kunda suvni tejash va suvdan oqilona foydalanish ustuvor vazifalardan biridir, biz tejamkorlikni oshirayotgan bir vaqtda o'sha zaxkashlardagi zax, sho'r suvlardan xam samarali foydalanishimiz kerak. Taklifim shu joylardan unumli foydalangan xolda ishsiz yoshlarga bo'lib berish va baliqchilikni tashkil qilgan holda bandligini ta'minlash. Bundan tashqari zaxkash, ariq atroflariga sho'rga chidamli bo'lgan daraxtlarni ekish va ko'paytirish. 2. Bilamizki Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida limonchilik yaxshi rivojlanmagan buning asosiy sabablari: xandak qazib limonariya qilishni iloji yo'q sababi yer osti suvlari yaqin, agar yer usti issiqxonada yetishtiraman desa isitish sistemasi bo'lmasa sovuq urib ketadi. Men xam limon, mandarin, apelsin, banan, kabi mevalarini yetishtiraman , xoxlardimki bunday mevalar Xorazm va Qoraqalpoq sharoitida xar bir xonadon tomorqasida bo'lsa va yetishtirsa daromadiga, bandligiga, sog'liqiga, atrof muhitga juda katta foydasi bo'lardi. O'zbekistonda yetishtirilgan sitrus mevalari boshqa davlatlarda ko'rinishi, mazasi, tarkibidagi sharbat miqdori yuqoriligi bilan boshqalardan ajralib turadi va narxi xam yuqori misol uchun Rossiya supermarketlarida ikki dona limon narxi 200 rubldan 300 rublgacha sotilmoqda. Taklifim Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati iqlimini inobatga olgan xolda aholi tamorqalarida uch tomoni devor bilan qoplangan yoki Xitoy tajribasidagi (uch tomoni qalin qoplangan va ustki qismi ko'rpa bilan yopiladigan) kam issiqlik va energiya talab qiladigan issiqxonalar tashkil qilish va aholini ayniqsa yoshlarni bandligini ta'minlash, oziq ovqat xavfsizligi ichki bozorni ta'minlash va tashqariga export qilish imkonini yaratish . Xullas aholining issiqxona va tamorqa madaniyatini rivojlantirish.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.