Inkyuziv ta’limni rivojlantirish toʻgʻrisidagi taklif
Assalomu alaykum. Ismim Diyoraoy. Bu yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Maxsus pedagogika va inklyuziv ta'lim fakulteti Logopediya yoʻnalashini tamomlaganman. Unversitetni bitirganimdan soʻng Inklyuziv ta'limni kuzatishga anchayin vaqt ajratdim. Biz Inklyuziv ta'limni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish uchun ishni avval bolalarni jamiyatga qoʻshishdan boshlashimiz kerak boʻladi. Ming afsuslar boʻlsinki jamiyatimizda hozirgi kunda nuqsoni bor insonlarni qoʻl uchida koʻrsatib, kulish kabi holatlar koʻp kuzatilib turiladi. Jamiyatga qoʻshilishlari uchun ota-onalari bolalarni uyda berkitib oʻtirmasliklari kerak. Biz pedagog sifatida qoʻlimizdan kelgancha harakat qilishimiz kerak. Inklyuziv ta'lim doirasi bolalar bilan dars mashgulotlariga ta'sir qilmagan vaqtlarda turli hil foydali mashgʻulotlar oʻtqazishimiz kerak. Bolalar bemalol oʻz sinfdoshlari bilan muloqotga kirisha olishi kerak. Bolalar nuqsonlari borligi uchun oʻzlarini olib qolishlari emas, balki boshqa bolalar kabi harakat qilishi kerakligini tushunib yetgan vaqtdan boshlab biz oʻz maqsadimizga erishgan boʻlamiz. Men berayotgan taklif aslida milon milon sarmoyalarni talab qilmaydi bor yoʻgʻi harakat qilib amalga oshirishimiz uchun imkoniyatlarni ochib bersangiz boʻlgani. Oʻylangan gʻoyalar juda koʻp bir bor imkon bersangiz boʻlgani. Ajratgan vaqtingiz uchun tashakkur.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!