yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Genetik tekshiruvlar

Muallif: Dilyorbek Rustamov
Holati: Tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2003 yildagi 365-son qarorining 6-bandi 3-qismiga muvofiq "Nikohlanuvchi shaxslar uchun tibbiy ko‘rik jarayonida genetik tekshiruvlarga zarurat bo‘lganda, ularning o‘zaro kelishuvi asosida ushbu tekshiruvlar pullik asosda amalga oshirilishi mumkin." deb belgilangan. Ammo yurtimizda qarindoshlar o'rtasida nikoh holatlari kuzatilishi va buning natijasida nogironligi bo'lgan yoki boshqa jiddiy nasliy kasalliklarga chalinayotgan bolalarning soni oshib borayotganligi sabab mazkur genetik tekshiruvlarni bepul yo'lga qo'yish lozim, sababi genetik tekshiruvlarning pullik asosda xizmat ko'rsatilishi nikohlanuvchi shaxslarga moliyaviy qiyinchilik holatlarini yuzaga keltirishi mumkinligi tufayli ular tekshiruvdan o'tishni xohlamasliklari mumkin va bu salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shuningdek yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohlarni oldini olish maqsadida xorijiy davlatlarning tajribasi asosida nikohlanuvchi shaxslar uchun "Genetik maslahat va genetik tekshiruvlarni" olishni majburiy qilish kerak, tibbiy genetik maslahat va genetik tekshiruvlar nasliy kasalliklarni oldini olishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu sababli genetik tekshiruvlarni huquqiy jihatdan bepul asosda xizmat ko'rsatilishini belgilash va davlat tomonidan subsidiyalash kerak deb o'ylayman. Mazkur tekshiruvlarni o'tkazishda nikohlanuvchilar viloyat markazlariga borib vaqt ketkazmasliklari uchun yetarli texnologiya va imkoniyatlarga ega bo'lgan xususiy klinikalar tomonidan ham amalga oshirilishiga ruxsat berish va ular tomonidan ko'rsatilgan xizmatlarga davlat tomonidan subsidiyalar ajratish jarayonni osonlashtiradi. Agarda ushbu jarayon davlat budjetidan ko'p mablag' talab etadigan taqdirda genetik tekshiruvlarni ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan shaxslarga bepul yoki chegirma asosida xizmat ko'rsatishni tashkil qilinishi mumkin.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.