Inkluziv ta'lim haqida keng targ‘ibot ishlarini olib borish (televideniye, internet, ijtimoiy tarmoqlar).
Inkluziv ta'limni qo'llab-quvvatlash uchun davlat siyosati, maxsus o'quv dasturlari, o'qituvchilarni tayyorlash va moddiy-texnik resurslarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat ta'lim tizimini yaxshilaydi, balki jamiyatni ham bag'rikeng va adolatli qiladi.Buning uchun avvalo, davlat teng imkoniyat yaratishi ya'ni nogironlik yoki boshqa farqlar tufayli biror bolaga diskriminatsiya qilinmasligi uchun huquqiy choralar ko'rishi, nogiron bolalarga nisbatan stereotiplarni bartaraf etish uchun ijtimoiy kampaniyalarni tashkil etishi, ta'lim muassasalari rahbarlariga inklyuziv muhit yaratish bo‘yicha treninglar o‘tkazishi, ta'lim sohasida barcha bolalar uchun teng imkoniyatlarni kafolatlaydigan maxsus dasturlarni yaratishi lozim.
Nogironlik va maxsus ehtiyojlar bilan bog‘liq kamsitishni taqiqlovchi me'yoriy hujjatlarni kuchaytirilishi bu borada maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu takliflar hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, inkluziv ta'lim tizimi rivojlanadi va barcha bolalar o‘z qobiliyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Har bir bolaning o'z qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi va jamoatchilik orasida bag'rikenglik va o'zaro hurmatni oshiradi.
Nogiron bolalar ijtimoiylashib, jamiyatga moslashish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!