Yashirin iqtisodiyotni kamaytirish orqali yoshlar bandligini ko'paytirish
1.Yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqayotgan kichik tadbirkorlik ko'rinadigan ammo katta qism, PF4742 O'ZINI - O'ZI band qilinadigan ammo daromad ma'nosida 5 mln oylik oladigan o'qituvchi 12 foiz daromad solig'i to'laydi. Nonvoyxonada esa 3 kishi ishlaydi daromadi 7 mlndan lekin soliq faqat bir kishi 375 ming to'laydi. Yoki san'atkor va blogerlar kunlik bir soat lik to'yga chiqishi 9 ming dollar lekin soliqqa nech pul to'laydi 375 ming.(Eng mashhur sportchi va san'atkorlar ham daromadga qarab soliq to'laydi rivojlangan davlatlarda) Biz yoshlar san'at rivojlanishini shaxsga bog'lab Talim rivojlanishini shaxsga boglamasdan, tadbirkorlik uchun qulay muhit va turizmga jalb qilishning zamonaviy uslublarini jahon tajribasini o'rganishimiz kerak deb hisoblayman. 1. To'y - hashamlarni qisqartirishning qonuniy yechimini katta harajatlik to'y qilish katta soliq to'lash va buni mahalla fondiga o'tkazish. 2. Kichik Tadbirkorlar uchun yangilik yaratish va rag'batlantirish uchun tanlovlar tashkillashtirish. ( Bizga dunyo bozoriga chiqadigan ilm odamlari kerak ekan ilmiy institutlar bilan tadbirkorlar va talabalar o'rtasida talab va taklif uzviy bog'liq muloqot maskanlar, tanlovlar va xalqaro tajribalar kerak) Masalan: Tadbirkorlik turlari desak bizda jahon tadbirkorlik kasblarining hali teng yarmi kirib kelmagan kasbning ehtiyoji bor ammo uni boshqa kasb egalari qilib yuribdi desak to'g'ri bo'ladi. CONSALTING Xizmatlari, sug'urta xizmatlari, mahsulotlarni nusxalash, gaz elektr suv xususiy tadbirkorlar tomonidan berilishi, ovqatlanish sohasida kasbi tadbirkorliklar) Biz xalqimizga tadbirkorlikning yangi sohalari haqida gapira boshlasak millatimiz izlanuvchan o'rganib oluvchilar ko'payadi.