Markaziy Osiyo davlatlari yoshlarini jamlovchi ittifoqni shakllantirish
Kelajakda Markaziy Osiyo davlatlarining hokimyat organlarida faoliyat yurituvchi yoshlari bo'lmish siyosat yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar o'rtasida uchrashuv, fikr almashuv va turli loyihalarni tashkil etish uchun "Markaziy Osiyo davlatlari yoshlar ittifoqi" kabi norasmiy klublar tashkil etish lozim. Bu Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari o'rtasida do'stlik, xalqlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga hissa qo'shadi. Bundan tashqari Markaziy Osiyo davlatlari xalqalarining yoshlar vakillari bo'lmish a'zolar kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarida hamfikr va hamkorlikda qaror qabul qilishda amaliy tajribaga ega bo'lib borishadi. Talabalar va a'zolar taklif, loyihalarini qo'llab quvvatlash hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining axborot makonidagi bo'shliqlarni milliy va zamonaviy, turli yot mafkuralardan holi ma’lumotlar bilan boyitish masalasi ham ustivordir.
Xulosa o'laroq Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi jarayonida yuzaga kelayitgan kichik muammolarni hal etishda amaliy yechimlar taklif qilish bu klub yoki ittifoqning asosiy vazifasidir.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!