"Yil magistri" tanlovi joriy qilish va Andijon Davlat chet tillari institutida TDIUda Muqumiy, Jahon tillari Universitetida Aleksandr Faynberg stipendiyalari kabi maxsus stipendiyalari joriy etilishi haqida
Mening taklifim shundan iboratki, magistrantlar uchun "Yil magistri" respublika tanlovini joriy etish, qo'shimcha maxsus stipendiyalar joriy etish, bilim va layoqatli olima yosh ayollar, lekin nashr etishga mablag'i yo'q yosh magistr va doktarant kelinchaklar uchun bepul nufuzli respublika ilmiy jurnallari va konferensiyalar joriy etilishi, qo'shimcha maxsus stipendiyalar joriy etilishi va shaffof tarzda o'tkazilishi, oliy ta'limda faqat forma va davomatdan tashqari bosh o'rinda ta'lim sifatiga e'tibor berilishi, iqtidorli magistrlarga rektor rag'batlantirishi, bakalavrlar uchun nafaqat ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba balki iqtidorli talaba uchun ham kontraktning 50 foizini to'lab berilishi, sog'lig'ida doimiy muommosi borlar uchun yordam puli universitet tomonidan joriy etilishi kabi takliflarni havola qilaman. Bilamiz, TDIUda Muqumiy stipendiyasi mavjud, Jahon tillari universitetida Aleksandr Faynberg kabi stipendiya. Eng katta taklif sifatida, ADCHTIda ham magistrlar va doktarantlar uchun maxsus stipendiya joriy qilinsa yosh avlodda intilish paydo bo'ladi. Bakalavrni bitirib to'xtab qolmaydi !