o'quv markazlarini kengaytirish
Assalomu alaykum Alisher Zafarovich, Yoshlar tadbirkorlik qilishlari uchun boshlang'ich sarmoya topishda qiynalishadi. Shu sababdan sizdan va siz orqali muhtaram davlatimiz rahbaridan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida quyidagicha yordam berishlaringizni taklif etaman.
1. Hozirda davlatimizda 10 mingga yaqin mahalla mavjud bo‘lib, ularning katta qismida ommaviy kutubxonalar mavjud emas, faqatgina maktab kutubxonalarini aytmasak albatta, ammo ulardagi adabiyotlarning katta qismi sovet davri va mustaqillikning dastlabki yillarida yaratilgan milliy adabiyotlardan iborat bo'lib, yangi bestseller darajaga chiqqan milliy va jahon adabiyotlari, buyuk shaxslarning avtobiografik asarlari, zamonaviy enseklopediyalar unda deyarli uchramaydi, shuni inobatga olib mahalla 7 ligi tavsiyasi asosida mahallaning eng gavjum qismida yoshlar uchun kutubxona qurish kerak, harajatlarining bir qismi subsidiya asosida, bir qismi esa o'sha bino yoxud ko‘chma do'konni kitobga, kutubxonaga qiziqadigan mahalla yoshiga 10 yilga ijara asosida berib, kridet yoxud shaxsiy mablag'lari asosida davlat xususiy sherikchilik asosida qurish kerak, kitoblarini esa asaxiy kabi arzon bosmaxonalardan arzon holda sotib olsa bo‘ladi. Natijada kitobga qiziqadigan yosh bu yerda ham tadbirkorlik qiladi ya'ni kitob sota oladi, ham har bir mahallada kutubxona tashkil topadi. Bu hududda shunda ham biznes, ham kitobxonlik rivojlanadi. Shuningdek, ushbu kutubxonada yangi Mutolaa loyihasini keng tarzda targ'ib qilish, nafaqat Mutolaa, Ustoz AI, Uzchess, Ibrat farzandlari kabi platformalarni keng targ'ibotini amalga oshirish mumkin.
2. O‘quv markazlariga qatnashmoqchi bo‘lgan yoshlar asosan shahar markazi yoki tuman markazlariga qatnashadi shuni inobatga olgan holda har bir mahallada xususiy o‘quv markaz ochish uchun Agentlik grandlarini joriy etish va ochilgan o‘quv markazda o‘qiyotgan yoshlarning kam taminlangan qismi uchun subsidiyalash tizimini joriy etish kerak deb o‘ylayman. Bu borada o'quv markaz ochmoqchi bo'lgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularga o'quv qurollari va boshqa o'quv markaz faoliyati uchun kerak bo'lgan jihozlarni olish uchun past foizli kridetlar ajratishni joriy etish, ularga o'quv markaz qurishi yoxud binoni ijaraga olishi uchun hujjatlarni soddalashtirish, asosiysi o'quv darslarni chet tillari, IT sohasi, aniq va tabiiy fanlarga ko'proq moslashtirish, ushbu o'quv markazlarini qurish va boshqa harajatlari uchun ajratilgan kridetlar muddatini uzoq qilish va foizini imkon qadar minimallashtirsh lozim deb hisoblayman. O'quv markazlari uchun soliq tizimini yengillashtirish, yangi ochganlariga imkon qadar faoliyati yaxshi darajaga chiqishigacha, deylik 6 oygacha soliq imtiyozi berish ham kerak. Keyin ushbu o'quv markazlari o'qituvchi va o'quvchilari o'rtasida doimiy raqobatni yo'lga qo'yish, kimning o'quv markazi yuqori yutuqqa erishsa uni imkon qadar kridet stavkalarini yanada kamaytirsh, soliqlarni yengillashtirish, unga ajratiladigan grandlarni ko'paytirish, unga keladign ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ko'proq qisminining o'quv to'lovlarini qoplash tizimini joriy etish kerak deb o'ylayman.
3. Biznes boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga biznesini soddalashtirilgan holda ochishlari, soliq to‘lovlarini imkon qadar minimallashtirilishi, kridetlash tizimi soddalashtirilishi kerak. Hozir ochig‘i, mahalladan kridet olmoqchi bo‘lsangiz naqt pul berilmaydi, pul ko‘chirish usulida esa 33 mlngacha ajratiladi, natijada kimdir biznes boshlamoqchi bo‘lsa mahsulotni bozordagi qiymatidan qimmat oladi, kattaroq biznes boshlamoqchi bo‘lsa 33 mlndan ziyod kridet ajratilmaydi, shularni inobatga olgan holda kridetlashni soddalashtirish, yoshlarga ajratilayotgan kridet miqdorini ko‘paytirish va imkon qadar naqd shaklda berish kerak deb o‘ylayman. Shuningdek, ushbu yoshlarni imkon qadar yirik biznesmenlarga biriktirsh, ular bilan doimiy aloqalarini joriy etish, ustoz-shogird tizimini joriy etish kerak deb o’ylayman
4. Yangi g‘oyalar va yangi innovatsiyalar kashf etgan va kashf etmoqchi, yangi startuplar yaratmoqchi bo'lgan yoshlarga imkon qadar ko‘proq konsultatsiyalar berish, ularni birlashtiruvchi yagona platforma yaratish, ushbu yoshlarni innovatsiyalarini tajribada sinash tizimini jorish etish, bu yoshlarning g’oyalarini yirik zavod va fabrikalarda joriy etish, mahalliylashtirish tizimini tashkil etish, ularni imkon qadar iqtisodiy qo’llab-quvvatlash, yirik biznes vakillariga homiylik qilishi va natijada yetuk kadrlarga ega bo’lishi mumkinligini bildirish, ixtirosini sota oladigan bozor platformasini yaratish, ushbu platformada yirik biznes vakiliga, investorga, yoxud davlat idorasiga kerak ixtiro va dasturlar uchun buyurtma berish tizimini joriy etsangiz deb o’z takliflarimni tugatmoqchiman.