Kichik sanoat va xizmat ko'rsatish korxonalarida suvni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqib joriy etish
Bugungi kunda mamlakatimizda va butun dunyoda ekologik o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, xususan, suv tanqisligi ham xavf solmoqda va bu muammo yurtimizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi ehtimol bor. Bizga ma’lumki, yurtimiz iqtisodiyotida kichik sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalari ulushi mavjud, ammo ularda suvni qayta ishlash texnologiyasi yo‘q. Natijada, katta miqdorda suv sarflanmoqda va uni qayta ishlash imkoniyati yo‘q ekanligi haqiqatdir. Hozirda O‘zbekistonda rosa ommalashgan avtomobil moykalarda ham katta suv isrofi bo‘lmoqda, bu esa tadbirkorga bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, masalan, soliq yuki ortishi bilan bir qatorda tannarxning qimmatlashishiga olib kelmoqda. Agar biz bu texnologiyani joriy etsak, tadbirkorga yangi imkoniyatlar ochiladi. Shuningdek, katta suv sarfini oldini olgan bo‘lamiz.