Besh tashabbus olimpiadasining yengil atletika turi boʻyicha
Assalomu alaykum. Taklif berish imkoniyatini taqdim etganizdan hamda ushbu forum bilvosita ishtirok etayotganimdan xursandman. Besh tashabbus olimpiadasining sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻz takliflarimni bildirmoqchiman. Yengil atletika, volleybol, streetball va umuman 18-30 yoshgacha boʻlgan sportchilarni 16-21, 22-26, 27-30 tarzida toifalarga ajratish unchalik maqsadga muvofiq emas deb oʻylayman. Chunki 18 yoshga toʻlgan, balogʻatga yetgan yosh agar jismonan baquvvat boʻlsa olimpiada shiorlari kabi tezroq chaqqonroq boʻlsa uni yoshi muhim emas lekin aynan shunday yosh toifasida bir mahalladan musobaqaga ishtiyoqi bor, kuchli yoshlarni toʻliq jamoa shaklida shakllantirish qiyin. Shuningdek yengil atletika sport turidan jahon arenalarida ham koʻproq yakkalik bahslari koʻproq masalan mahallada individual tarzda tez yuguradigan boʻlishi mumkin lekin sheriklari unday boʻlmasligi mumkin taklifim yengil atletika musobaqalarida yakkalik tarzida 100, 200, 400 metrga yugurish turlarini qoʻyish kerak. Agar jamoaviy boʻlsa 18-30 yosh toifasida qilish kerak. Xuddi shunday volleybol va streetball musobaqalarida yosh toifasini 16-30 qilib belgilansa har bir mahalladan haqiqiy uyushmagan yoshlar jamoasi shakllanardi. Taklifim shulardan iborat. Forum ishtirokchilariga omad yor boʻlsin.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!